19-oktabr kuni Shavkat Mirziyoyev Samarqandga AQSH-Oʻzbekiston biznes va investitsiya kengashi yigʻilishiga kelgan ishbilarmon va katta kompaniyalar rahbarlarini qabul qildi. Masalan, Franklin Templeton prezidenti va bosh ijrochi direktori bilan uchrashuvda yirik davlat korxonalarini transformatsiya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning dastlabki natijalari koʻrib chiqildi.

London va Toshkent birjalarida Oʻzbekiston Milliy investitsiya jamgʻarmasi aksiyalarining joylashtirilishi mamlakatimiz tarixidagi ilk xalqaro IPO boʻlgani taʼkidlandi. Buning hisobiga qariyb 700 million dollar mablagʻ jalb etildi, talab taklifga nisbatan toʻrt baravardan ziyodga oshdi.

“Prezident - uzoqni koʻra oladigan yetakchi. Mirziyoyev mendan boshidayoq faqat rostini aytishimni, nimanidir yaxshilash, tuzatish kerak boʻlsa, bildirishimni soʻragan. Bugungi uchrashuv ham shunday samarali kechdi. Bilasizmi, kapital oʻziga yaxshi munosabatda boʻlingan joygagina boradi. Qayerda oʻsayotgan iqtisodiyot boʻlsa, u yerda yaxshi moliyaviy daromadlar uchun imkoniyat bor. Va shuning uchun, bilasizmi, biz bu IPOni London fond birjasiga joylashtirganimizda, u kutilganidan 4 baravar ortiqcha qiziqish uygʻotdi. Global investorlar sarmoya kiritishni xohlashdi. U IPOdan buyon 40% daromad keltirdi”, - deydi Jenni Jonson.

Men janob Rubioning safari munosabati bilan shu yerdaman va 200 ta biznes direktorlari qayerga sarmoya kiritishni aniqlashmoqda. Chunki ular ishonishadi, deya qoʻshimcha qildi u.