Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshda tartibsizliklar: o‘nlab kishi halok bo‘lgan, yuzlab kishi yaralangan, binolarga o‘t qo‘yilgan
Namoyishchilar politsiyachilarga tayoq bilan tashlanmoqda, javoban rezina o‘qlar otilmoqda. O‘nlab kishilar halok bo‘lgan, yuzlab kishilar yaralangan.
Iyul oyi boshidan buyon Bangladeshning turli shaharlarida xususiy va davlat oliy ta’lim muassasalarining yuzlab talabalari ishtirokidagi namoyishlar davom etmoqda. Ular davlat sektoridagi ish o‘rinlarining 30 foizi 1971 yilgi Pokistonga qarshi ozodlik urushi qatnashchilarining qarindoshlari uchun ajratilgan kvotalar tizimini o‘zgartirishni talab qilishmoqda. Namoyishchilar davlat lavozimlari taqsimlanishi tizimini adolatsiz deb hisoblamoqda — bu ayniqsa iqtisodiy muammolar va 170 millionlik aholining beshdan bir qismini tashkil etadigan yoshlar orasidagi yuqori ishsizlik fonida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.
Namoyishlar bosh vazir Shayx Hasinning «Avami ligasi» partiyasining talabalar qanoti a’zolari — kvotalar tizimi saqlab qolinishi tarafdorlari bilan kelib chiqqan to‘qnashuvlardan keyin tartibsizliklarga aylanib ketdi. Namoyishchilarni tarqatish uchun politsiyachilar va harbiylar jalb etilgan. Ular ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz va rezina o‘qlar qo‘llagan. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, namoyishchilar bunga javoban BTV davlat telekompaniyasi binosi hamda politsiya uchastkasiga o‘t qo‘yib yuborgan.
Shifokorlar ma’lumotiga ko‘ra, bir necha kundan buyon davom etayotgan tartibsizliklar oqibatida butun mamlakat bo‘ylab kamida 50 kishi halok bo‘lgan. Yana besh yuzga yaqin kishi jarohatlangan. Qurbonlar va yaralanganlarning aniq soni hozircha ma’lum emas. Mamlakatda amalda internet va telefon aloqasi ishlamayapti, mahalliy nashrlar va telekanallar qariyb yangilik tarqatmayapti.
Habibur Rahman / ZUMA Press / Scanpix / LETA
AFP / Scanpix / LETA
Habibur Rahman / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Zabed Hasnain Chowdhury / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Mamunur Rashid / NurPhoto / Getty Images
Munir UZ ZAMAN / AFP / Scanpix / LETA
Sultan Mahmud Mukut / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Niamul Rifat / Anadolu / Getty Images
Md Rafayat Haque Khan / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Rajib Dhar / AP Photo / Scanpix / LETA
Kazi Salahuddin Razu / NurPhoto / Getty Images
Zabed Hasnain Chowdhury / NurPhoto / Getty Images
Habibur Rahman / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Habibur Rahman / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
23:03 / 14.03.2026
Ispaniyada Yaqin Sharqdagi urushga qarshi namoyishlar o‘tkazildi
00:25 / 26.01.2026
Erondagi norozilik namoyishlar vaqtida 30 ming kishi halok bo‘lgan – OAV
15:17 / 19.01.2026