Bu haqda Qozoğiston prezidenti matbuot xizmatiga asoslanib, Informburo.kz xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, Töqayev şu yilning iyun oyida xuddi şu tarzda afv etişni rad etgan maxsus komissiyaning qarorini ma’qullagan.
«Masimovga nisbatan afv etişni qöllaş imkoniyatini örganib körgan komissiya davlat rahbariga tegişli taklifni kiritgan va u taklifni ma’qullagan», — deya tuşuntiriş bergan Töqayevning matbuot xizmati.
Karim Masimov 2022 yilning yanvarida, prezident uni yanvar voqealari fonida namoyişçilarning kuçişlatar tizimlar bilan töqnaşuvi yuz berganidan söng işdan olganidan ikki kun ötib hibsga olingan.
Öşa yilning martida sobiq mulozimga oid suriştiruvlar çoğida “korrupsiyaga oid köplab xatti-harakatlar” aniqlangani ma’lum qilingan. 2023 yilning aprelida Ostona şahar sudi Karim Masimovni davlatga xiyonat, hokimiyatni egallaşga uriniş va mansab vakolatini suiiste’mol qiliş kabi moddalar bilan aybli deb topib, 18 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.
Şu yilning martida Qozoğiston maxsus xizmatining sobiq rahbari mamlakat prezidentidan özini afv etişni söragan. Biroq, iyun oyida maxsus komissiya Masimovning iltimosnomasini rad etgan.








