Germaniya fuqarosi Riko Krigerga tayinlangan hukm haqida 19 iyul kuni ma’lum bölgandi. Minsk sudi unga oliy — otuv orqali ölim jazosini tayinlagan. Kriger oltita modda böyiça ayblangan: yollaniş, yaşirin faoliyat, terrorçilik akti, «ekstremistik tuzilma»ni yaratiş, öqotar qurollar va portlovçi moddalarga nisbatan noqonuniy harakatlar, transport vositasi yoki aloqa vositalarini qasddan yöq qiliş.
Oradan bir neça kun ötgaç, Belarus davlat televideniyesi Kriger panjara ortida ötirgan holda, bir yil oldin Ukrainaga ketişga, u yerda xorijiy legionga sanitar sifatida yollanişni reja qilganini aytib bergani tasvirlangan syujyetni e’lon qildi.
30 iyul kuni Kriger Aleksandr Lukaşenkoga murojaat yöllab, undan özini afv etişini söradi. «BelTA» agentligining yozişiça, şu munosabat bilan Lukaşenko Kriger işi böyiça «jarayonga aloqador odamlarni suhbatga taklif qilgan».
Kriger 2023 yil 6 oktabr kuni Belarus hududida qölga olingan. Tergovçilarining versiyasiga köra, Kriger ötgan yilning sentabrida Ukraina tomonida jang qilayotgan «Kalinovskiy polki»ga qöşilmoqçi bölgan. Mamlakatda ekstremistik tuzilma deb topilgan guruh öz navbatida Krigerning polk faoliyatiga aloqasi yöqligini ma’lum qilgan.
Materiallarda keltirilişiça, Kriger mamlakatga 2023 yil 2 oktabr kuni turist sifatida kirib kelgan. Uning yonida uçuvçisiz uçiş qurilmasi bölgan. Oradan ikki kun ötgaç, u Ukraina Xavfsizlik xizmatining topşiriğiga binoan 97115 harbiy qism hududini, temir yölni, vagonlarni suratga olgan.








