AQŞ Gurjistonga ajratiladigan 95 million dollardan ortiq yordamni ikki davlat örtasidagi hamkorlik qayta körib çiqilişi tufayli töxtatib qöydi. Bu haqda AQŞ davlat departamenti xabar berdi.
«Gurjiston hukumatining antidemokratik harakatlari va notöğri bayonotlari Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zolik me’yorlariga töğri kelmaydi», dedi AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken qarorga izoh berar ekan.
May oyida Gurjiston parlamenti «Çet el ta’sirining şaffofligi töğrisida»gi («çet el agentlari» töğrisidagi) qonunni qabul qildi. Gurjiston prezidenti Salome Zurabişvili unga veto qöydi, ammo parlament prezidentning vetosini bekor qilişga erişdi.
Vetoning bekor qilinişi qonun Gurjistonning xalqaro izolyatsiyasiga olib kelişini ta’kidlagan muxolifat deputatlarining keskin tanqidlari fonida bölib ötdi, çunki qonun «kamsitiş xarakteriga ega va Rossiyaning aynan şunday qonuniga öxşaş».
Yakunda qonun parlamentda qabul qilindi. Unda daromadining 20 foizdan ortiğini xorijdan oladigan nodavlat notijorat taşkilotlari va ommaviy axborot vositalarining yillik moliyaviy deklaratsiyani töldirişi nazarda tutilgan.
Uşbu qonunning qabul qilinişi ortidan AQŞ va Yevropa Ittifoqi Gurjiston bilan munosabatlarini qayta körib çiqişini ma’lum qilgan edi.












