Respublikaning uç hududida öqişga kiritiş va sertifikat olib beriş bilan boğliq noqonuniy holatlar aniqlandi.
DXX Farğona viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan içki işlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Qöştepa tumanidagi maktab öqituvçisi Yozyovon tumanida yaşovçi 3 nafar fuqaroni Qirğiz davlat universitetining Qadamjoy filialiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 6 600 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlangan.
DXX Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining hududiy boşqarmasi bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda esa Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti öqituvçisi qölga olingan. U Amudaryo tumanida yaşovçi fuqaroni Urganç davlat universitetiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 5 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlangan. Tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur işga aloqador bölgan uning şerigi – Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mutaxassisi ham uşbu pul mablağini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
DXXning Surxondaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamda içki işlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Termiz şahrida yaşovçi, 1989 yilda tuğilgan şaxs özining hamşahariga ingliz tili böyiça “S-1” darajadagi til biliş sertifikatini olib beriş evaziga 2 400 AQŞ dollari va 1 mln 250 ming söm olgan vaqtida uşlangan.
Qayd etilişiça, hozirda uşbu şaxslarning barçasiga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.








