8 avgust kuni, Parij olimpiadasining 13-kunida Özbekistondan sakkiz nafar sportçi baydarka va kanoeda eşkak eşiş, sport kuraşlari, boks, zamonaviy beşkuraş, taekvondo va badiiy gimnastika böyiça musobaqalarda iştirok etadi.
Badiiy gimnastika
Soat 13:00 da Osiyoning köp karra çempion va Osiyo öyinlarining ikki karra çempioni, 20 yoşli Taxmina Ikromova köpkuraş böyiça dasturda çiqiş qiladi.
Taekvondo
Soat 13:35 da Tokioda Özbekiston tarixidagi eng yoş olimpiya çempioni bölgan, jahon çempionatida bronza medalni qölga kiritgan 22 yoşli Uluğbek Raşitov -68 kg vazn toifasida 1/8 finalda iştirok etadi. Uning ilk raqibi kim bölişi hozirça aniq emas.
Kanoye
Soat 13:50 da 2017 yilgi Osiyo çempioni, 2019 yilgi jahon çempionati va 2023 yilgi Osiyo öyinlarida bronza medali sohibi bölgan, 27 yoşli Nilufar Zokirova 200 metr masofadagi bahslarda iştirok etadi. Saralaşda unga Kanada, Nigeriya, Ispaniya, Senegal, Rossiya va Moldovadan kelgan sportçilar raqiblik qiladi.
Parijdagi Olimpiada uning faoliyatidagi ikkinçisi bölmoqda.
Erkin kuraş
Soat 14:35 da 2017 yildan buyon xalqaro musobaqalarda Özbekiston nomidan iştirok etib kelayotgan 27 yoşli doğistonlik atlet Jabrail Şapiyev (-86 kg) 23 yoşli gurjistonlik Vladimir Gamkrelidzega qarşi gilamga çiqadi, bu raqib jahon vitse-çempioni va Yevropa çempionati bronza medali sohibidir.
Şapiyev esa Osiyo vitse-çempioni va Osiyo öyinlari bronza medali sohibi hisoblanadi, u Tokiodagi öyinlarda beşinçi örinni egallagan.
Soat 14:56 da 1/8 finalda 25 yoşli Ğulomjon Abdullayev (-57 kg) ozarboyjonlik Yevropa çempioni (2023), yoşlar örtasida jahon çempioni (2021) Aliabbos Rizazodaga qarşi gilamga çiqadi.
Zamonaviy beşkuraş
Soat 17:30 da 34 yoşli Alise Faxrutdinova beşkuraş böyiça saralaş bosqiçida (konkur, qiliçbozlik, öq otiş, yuguriş, suziş) iştirokini boşlaydi.
Alise Faxrutdinova 1990 yilda Moskvada tuğilgan. 2019 yildan buyon xalqaro musobaqalarda Özbekiston şarafini himoya qilib keladi. U joriy yilda Osiyo çempionatida mikst dasturida bronza medalni qölga kiritgan. Tokio Olimpiadasi iştirokçisi sanaladi.










