Bundan bir neça kun oldin Afğoniston Energetika va suv resurslari vaziri vazifasini bajaruvçi Abdullatif Mansur suv toşqini tufayli noaniq bölgan Afğoniston bilan Tojikiston, Özbekiston va Turkmaniston örtasidagi çegaralarni belgilaş yangi strategiya böyiça amalga oşirilişini ma’lum qildi.

“Tojikiston, Özbekiston va Turkmaniston bilan çegaralarimiz suv toşqinlari tufayli yuvilib ketdi. Muhimi şundaki, biz ötmiş çegaralarini belgilaş böyiça muhim işlarni amalga oşirmoqdamiz va yigirma kun avval bu masalani Afğoniston rahbari bilan muhokama qildik”, degan u.

Vazir çegaralarni tiklaş böyiça yangi strategiya qanday bölişiga aniqlik kiritmagan. Ma’lumot uçun, Özbekiston Afğoniston bilan 143 km çegaraga ega. Respublikaning umumiy çegarasi esa 7 090 km.

Şuningdek, respublikamiz Qozoğiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirğiziston bilan çegaradoş. Quyida Özbekistonning qöşnilari bilan bölgan çegaralari haqida qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Umumiy ma’lumotlar

Özbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoda, Amudaryo va Sirdaryo oraliğida joylaşgan bölib, umumiy maydoni 448,9 ming kilometr kvadratni taşkil etadi. Respublika hududi şarqdan ğarbgaça 1 425 kilometrni, şimoldan janubgaça esa 930 kilometrni taşkil etadi.

Özbekiston şimolda va şimoliy-şarqda Qozoğiston, şarqda va janubiy-şarqda Qirğiziston va Tojikiston, janubiy-ğarbda Turkmaniston, janubda esa Afğoniston bilan çegaradoş. Özbekistonning eng uzun çegarasi Qozoğiston bilan, eng qisqasi Afğoniston bilan bölgan çegara hisoblanadi.

Qozoğiston bilan çegara

Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi çegara 2 356 kilometrni taşkil etadi. Çegaraning eng şarqiy qismi toğlardan, qolgani çöl hududlaridan ötgan. Şuningdek, Sirdaryo daryosi, Çordara suv ombori va Orol dengizi böylab ham çegara tortilgan.