Andijon viloyatining Asaka tumanidagi 37-umumta’lim maktabida öqituvçilar oğir quriliş işlariga jalb qilindi. Ayol öqituvçilar maktab hududida arava sudrab, oğir yumuşlarni bajargan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Manbaga köra, öqituvçilar asosan quriliş çiqindilarini taşiş bilan şuğullangan. Ular işga maktab direktorining topşiriği bilan çiqqan. Iş jarayonida maktabning boşlanğiç sinf öqituvçisi yiqilib, qöli singan.

Kun.uz holatga izoh oliş maqsadida Asaka tumani hokimligi matbuot xizmati bilan boğlandi. Hokimlikka köra, uşbu maktab “Taşabbusli budjet”da ğolib bölgan.

“Asaka tumani “Qönğirot” MFYda joylaşgan 37-umumta’lim maktabi pedagogik jamoa va ota-onalarning ahilligi, hamkorligi natijasida “Taşabbusli budjet” loyihasida muvaffaqiyatli iştirok etib, maktabni ta’mirlaşga oid mablağlarni jalb etişga erişgan. Xalqimiz iborasi bilan aytganda, “Taşabbusli budjet”da ğolib böliş qançalar maşaqqatli ekanini anglaş uçun jurnalist yoki bloger böliş şart emas, oddiy fuqaro böliş va unda vatanparvarlik hissi bölişining özi kifoya.

Quruvçi taşkilot tomonidan maktabni ta’mirlaş işlarining olib boriliş sur’atlari, yangi öquv yiliga sanoqli kunlar qolgani va eng muhimi, pedagogik jamoaning, ota-onalarning ana şunday bunyodkorlik işlaridan mamnuniyati doxil ölaroq, xususan, maktab deraza va eşik romlarining yangi zamonaviy romlar bilan almaştirilişi, maktab tom qismining töliq yangilanişi bilan moddiy-texnik şaroitlar yanada yaxşilanmoqda.

Ana şu işlar manzarasida har bir pedagog ertaga öz iş joyining saranjom-sarişta bölişini, estetik bezatilişini, albatta, xohlaydi.

Öz xohişlariga köra, maktab hayotiga, ikkinçi uyimizga, qadrdon maskanimizga öz hissamizni qöşaylik degan niyatda amalga oşirilayotgan faol ijtimoiy foydali mehnatni har qanday kişi faqat olqişlaydi”, deyiladi hokimlikning Kun.uz’ga izohida.

Hokimlikning qöşimça qilişiça, uşbu işlar davomida birorta pedagogning soğligiga putur yetmagan va boşlanğiç sinf öqituvçisining qöli sinmagan.

Oldinroq Namanganda öqituvçilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori 17 mln söm jarimaga tortilgani xabar qilingandi. Direktor pedagoglarni muassasaga çaqirtirib, öt-ölan yulişga majburlagan