Kökdala tumanida Navröz saylida gazballon portlaşi oqibatida 14 kişi kuyib, turli darajada tan jarohati olgani va bir kişi vafot etgani ma’lum böldi. Gazballonni odamlar gavjum joyga 22 yoşli talaba yigit baliq pişirib sotiş uçun örnatgan. Sud yigitni ehtiyotsizlik orqasida odam öldiriş jinoyatini sodir qilganlikda aybli deb topdi.
Kökdala tumanida Navröz saylida gazballon portlaşiga sabab bölgan yigitga hukm öqildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Hukmda keltirilişiça, 2002 yilda Çiroqçi tumanida tuğilgan, Toşkent Iqtisodiyot va texnologiyalar instituti talabasi bölgan B.Ş. Kökdala tumanida ötkazilgan Navröz bayrami sayliga 27 litr siğimdagi gazballon olib borgan. U saylda baliq pişirib sotmoqçi bölgan.
Profilaktika inspektori yigitga bir neça bor gazballonini aholi töplanib turgan hududdan çetroqqa oliş yoki yerga kömişini aytgan. Ammo B.Ş. ehtiyotkorlik çora-tadbirlariga amal qilmasdan, gazballonga gaz plitasini örnatib, undan foydalana boşlagan. Köp ötmay gazballon portlab ketgan.
Hodisa oqibatida 7 kişi örtaça oğir, 7 kişi oğir tan jarohati olgan. Bir kişi esa 80 foiz kuyiş jarohati bilan şifoxonaga yotqizilgan. Biroq bemor ayol 2024 yil 25 aprel kuni şifoxonada vafot etgan.
B.Ş. sudda aybiga töliq iqrorlik bildirgan.
“Tirikçilik qiliş maqsadida 5-6 yillardan buyon bozor hamda bayramlarda baliq pişiriş bilan şuğullanib kelaman. 2024 yil 18 mart kuni Töqmor mahallasida bölayotgan Navröz bayramiga baliq pişirib sotiş uçun bordim. Men borgan vaqtimda bayramda 100 nafardan ortiq odam bor edi. Dalaning bir çetiga gazballon, öçoq va qozonlarni örnatib, baliq pişirişni boşladim. Oradan taxminan 1-2 soat vaqt ötganidan söng bayramga 500 atrofida odam yiğildi. Soat 11:00 larda portlagan ovoz eşitildi. Öşa holatda özimni yöqotib qöydim, şifoxonaga borganimdan söng özimga keldim. Keyinçalik işlatilmagan, ya’ni zaxirada turgan gazballon portlaganini bildim”, degan yigit öz körsatmasida.
U qilgan işidan puşaymonligi, ehtiyotsizlik qilganini aytib, suddan öziga nisbatan qonuniy yengillik berişni söragan.
Sud B.Ş.ni Jinoyat kodeksining 102-moddasi 1-qismi (Ehtiyotsizlik orqasida odam öldiriş) va 111-moddasi 3-qismida (Ehtiyotsizlik orqasida ikki yoki undan ortiq şaxs badaniga örtaça oğir yoki badanga oğir şikast yetkaziş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topdi. Unga nisbatan 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Yigitga qöllangan munosib xulq-atvorda böliş haqidagi tilxat ehtiyot çorasi özgartirilib, u sud zalida qamoqqa olindi.






