«Ukraina, albatta, ğalaba qozonişi mumkin», deb Germaniya Qurolli kuçlari (Bundesver) general-mayori Kristian Froyding Rossiya tomonidan bu mamlakatga qarşi boşlangan ikki yarim yillik uruşdan keyin vaziyatni baholadi. Ukraina Qurolli kuçlarining Kursk viloyatidagi hozirgi hujum operatsiyasi misolida köriş mumkinki, Ukraina «taşabbusni öz qöliga olişi, muvaffaqiyatga erişişi va Rossiyaga jiddiy oğriq keltirişi mumkin, menimça, Ukraina qöşinlarida uruşda muvaffaqiyatga erişiş va ğalaba qozoniş uçun iroda va qobiliyati bor», dedi Froyding 15 avgust, payşanba kuni Bundesverning Nachgefragt podkastida.
Ukrainaning Rossiyaga qarşi uruşdagi ğalabasi aynan nimani anglatişi mumkinligi haqidagi savolga javob berar ekan, general buni ukrainaliklarning özlari belgilaşi kerakligini aytdi. «Ukrainaning siyosiy maqsadi 1991 yilgi xalqaro tan olingan çegaralar doirasida hududiy yaxlitlik va suverenitetni tiklaş ekanligi aniq. Mening baholarimga köra, ukrainaliklar bunga 2024 yil oxirigaça erişib bölmaydi, deb öylaşmoqda. Lekin ularda harbiy kuç bölişi kerak», - deya qöşimça qildi Kristian Froyding.
Ukrainaning Kursk viloyatidagi hujumi haqida
Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyatidagi Ukraina armiyasi hujumini şarhlar ekan, yaqinda Ukrainadan qaytgan general Froyding u Ukraina Qurolli kuçlarining törtta brigadasi iştirokida tört öq böylab amalga oşirilganini aytdi. Ukraina hududidan bu operatsiyani logistika va havo mudofaasi yordamida yana 2000-4000 kişi qöllab-quvvatlamoqda, dedi u. Ukraina qurolli kuçlari çegaradan taxminan 30 kilometr uzoqlikda Rossiya hududiga kirdi. Operatsiya ötkazilayotgan hududning kengligi, Froydingga köra, 65 kilometr.
Ukraina harbiylari harakat qilayotgan hududning umumiy maydoni (lekin ular nazorat qiladigan hudud emas), Bundesver generaliga köra, taxminan 1000 kvadrat kilometrni taşkil qiladi. «Bu hudud Ukraina Qurolli kuçlari yil boşidan Rossiya kuçlariga boy bergan hududga taxminan mos keladi», — dedi u.
Germaniya tomonidan Ukrainaga harbiy yordam körsatiş töğrisida
Germaniyaning Ukrainani qöllab-quvvatlaşi hali ham muhimmi, degan savolga general Froyding: «Mutlaqo. Men buni ma’naviy burç deb bilaman», dedi. Germaniyaning bu yil Ukrainaga yetkazib berişi rejalaştirilgan harbiy texnikalar orasida ikkita IRIS-T SLM va IRIS-T SLS örta va qisqa masofali havo mudofaa tizimi, 10 ta Gepard öziyurar zenit qurollari, şuningdek, 30 ta Leopard 1A5 tanki va 400 ta MRAP bronetransportyorlari bor, dedi u.









