Litva Belarus bilan çegara yaqinidagi poligonga nemis brigadasini joylaştiriş uçun harbiy şaharça quradi. Bu haqda mamlakat Milliy mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Rudninkay poligonidagi intensiv tayyorgarlik işlari yakunlanganidan keyin Litva tarixidagi eng yirik harbiy infratuzilmani quriş boşlanadi. Şu sababdan 19 avgust kuni Rudninkay poligonida kapsulani qöyiş bilan boğliq ramziy marosim bölib ötadi», — deyiladi xabarda.

Marosimda Litva boş vaziri Ingrida Şimonite, milliy mudofaa vaziri Laurinas Kaşyunas, Litva Qurolli kuçlari qömondoni general Raymundas Vaykşnoras va nemis brigadasining asosiy bölinmasi komandiri polkovnik Andre Xastenrat iştirok etadi.

Maydoni 170 gektarni taşkil etadigan harbiy şaharçani loyihalaştiriş va quriş bilan «Eykos Statiba» yopiq aksiyadorlik jamiyati şuğullanadi.

Idoraning ma’lum qilişiça, poligon bir neça yil davomida Litvaga joylaştiriladigan bundesver brigadasining maşğulotlari uçun asosiy joyga aylanadi. Germaniyalik harbiylarning Litvaga töliq joylaşişi 2027 yilda yakunlanadi.

Umumiy hisobda Germaniya Litva hududiga 5 ming nafar harbiy xizmatçi va yordamçi xodimlarni yuboradi.

Iyun oxirlarida Polşa, Litva, Latviya va Estoniya Yevropa Ittifoqini Rossiya va Belarus bilan çegarada mudofaa çiziqlari qurişga çaqirgandi. Bunday liniya qurilişi 2,5 milliard yevroga tuşişi mumkinligi aytilgan edi.