Markaziy bank taklifiga binoan pul talabnomasini boşqa şaxsga ötkaziş yöli bilan moliyalaştiriş faoliyatini amalga oşiruvçi faktoring taşkilotlari taşkil etiladi. Ularning faoliyati Markaziy bankda nobank kredit taşkiloti sifatida reyestrda hisobga oliş röyxatidan ötgandan söng amalga oşiriladi.

2025 yil 1 yanvardan boşlab quyidagilarga ruxsat beriladi:

● agar mijozning kontragenti norezident bölsa, çet el valutasida faktoring operatsiyalarini amalga oşiriş;
● kredit taşkilotlariga faktoring şartnomalari böyiça sotib olingan pul talabnomalarini qayta sotiş (refaktoring).

Pul talabnomasini boşqa şaxsga ötkazişni taqiqlaş böyiça javobgarlik bekor qilinadi. Ötkazilgan huquqlar böyiça talablarning ustuvorligini ta’minlaş uçun pul talabnomasini boşqa şaxsga ötkaziş töğrisidagi xabarnomalar garov reyestrida röyxatdan ötkaziladi.

Şu bilan birga, qarzdorning roziligisiz pul majburiyatining valutasini va tölov mamlakatini özgartirişga yöl qöyilmaydi.

Faktoring xizmatlarining elektron platformasi işga tuşiriladi. U quyidagilar uçun möljallangan:

● tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan faktoring xizmatlaridan foydalaniş uçun pul talabnomalari töğrisidagi ma’lumotlar va hujjatlarni kiritiş; 
● pul talabnomalarining asosi bölgan hujjatlarning haqiqiyligini tekşiriş, şuningdek, qarzdorlar haqida ma’lumot töplaş va uni real vaqt rejimida tahlil qilişni ta’minlaş orqali moliyalaştiriş jarayonini avtomatlaştiriş; 
● kredit taşkilotlari tomonidan yetkazib beriş zanjiri iştirokçilariga faktoring xizmatlarini körsatiş uçun qulay, tezkor va xavfsiz texnologik infratuzilmani taqdim etiş.

Faktoring platformasi "Elektron hukumat" tizimi orqali elektron hisob-fakturalar ma’lumotlar bazasi, elektron tovar-transport yuk xatlari tizimi va soliq tölovçilarning elektron ma’lumotlar bazasi, şuningdek, Taşqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.

Faktoring xizmatlarini ommalaştiriş va rivojlantiriş uçun Milliy faktoring assotsiatsiyasi taşkil etiladi.

Hujjat bilan faktoring xizmatlari bozorini rivojlantiriş böyiça "Yöl xaritasi" tasdiqlandi, unda quyidagilar nazarda tutilgan: