Prezidentning tadbirkorlar bilan oçiq muloqotida Özbekistonda faktoring taşkilotlariga yöl oçilişi ma’lum qilindi.

Şavkat Mirziyoyevning ta’kidlaşiça, hozir köp eksportçilar yirik xorijiy savdo tarmoqlariga 3-4 oy keçiktirib tölaş şarti bilan mahsulot yetkazib bermoqda. Uzluksiz işlab çiqariş uçun korxonalarda aylanmaga ehtiyoj oşayapti. Lekin, hamma tadbirkorda ham yangi kredit oliş, unga garov topiş imkoniyati yöq.

“Tadbirkordan garov talab qilmaydigan eng qulay instrument bu – faktoring. Xalqaro moliya korporatsiyasiga köra, bizda 10 milliard dollarlik faktoring xizmatiga talab bor. Hozir bu xizmatni faqat banklar, mikromoliya taşkilotlari körsatayapti”, - dedi davlat rahbari.

Prezident bundan buyon bank bölmagan yangi institut – faktoring taşkiloti uçun yöl oçilişini aytdi.

“Ular xorijiy valutada ham xizmat körsatişi mumkin böladi. Bu jarayonda qatnaşadigan bank, mikromoliya, faktoring taşkiloti va tadbirkorlar foydalanadigan alohida elektron platforma işga tuşadi. Ya’ni, tadbirkor undan öziga qulay moliyaviy mahsulotni tanlaş imkoniyatiga ega böladi”, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Faktoringni ommalaştiriş hisobidan tadbirkorlarga aylanma uçun 20 trillion söm, eksportçi korxonalarga 1 milliard dollar qöşimça moliyaviy resurslar paydo böladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq "Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi prezident qarori qabul qilingandi.

Unga muvofiq, Markaziy bank taklifiga binoan pul talabnomasini boşqa şaxsga ötkaziş yöli bilan moliyalaştiriş faoliyatini amalga oşiruvçi faktoring taşkilotlari taşkil etiladi. Ularning faoliyati Markaziy bankda nobank kredit taşkiloti sifatida reyestrda hisobga oliş röyxatidan ötgandan söng amalga oşiriladi.