Toşkent viloyatida 20 yoşli qiz odam savdosi qurboni bölişining oldi olindi.

Viloyat IIBB xabariga köra, ötkazilgan tezkor tadbirda Angren şahrida yaşovçi yigit A.R. (2004 yilda tuğilgan) öziga taniş bölgan 20 yoşli qiz S.T.ni aldab, katta daromad topişga işontirgani aniqlangan.

A.R. qizni Toşkent xalqaro aeroporti orqali Dubay şahriga fohişalik uçun jönatayotgan vaqtida daliliy aşyolar bilan uşlangan.

Yigit qizni jönatayotgani uçun Dubay şahrida yaşovçi ayoldan 2 ming dollar olgan.

Hozirda uşlangan şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.