Jizzaxning Paxtakor tumanidagi nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotida bolalar ommaviy zaharlandi, deb xabar bermoqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova.
Holat viloyat prokuraturasi tomonidan örganilganda aniqlanişiça, 2 avgust kuni boğçada tarbiyalanayotgan I.F. (qiz bola, 2020 yilda tuğilgan) va S.T. (qiz bola, 2019 yilda tuğilgan)ning tana harorati kötarilgan. Ota-onasi tomonidan şifoxonaga olib borilganda, bolalar ovqatdan zaharlaniş taşxisi bilan yuqumli kasalliklar bölimiga yotqizilgan.
Şuningdek, şu kunning özida uşbu boğçada tarbiyalanayotgan qolgan 14 nafar bola ham yuqumli kasalliklar bölimida şifokorlarning kuzatuviga olinib, zarur muolajalar olgan. Ularga soğligidan şikoyat aniqlanmagani tufayli uylariga javob berilgan.
Epidemiologik suriştiruv davomida bolalarga nonuşta payti berilgan oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olingan. Hozirda tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda.








