«Rossiya propaganda maşinasi uning armiyasi tomonidan öldirilganlar dafn etilgan Şahidlar xiyoboni nomini ham ayta olmaydi» — ozarboyjonlik blogerlardan biri Russia Today Rossiya prezidenti göyoki Ikkinçi jahon uruşi qurbonlari yodgorligidagi mangu olovga guldasta qöygani haqida yozganidan şunday norozilik bildirdi.
Aslida u gullarni 1990 yil yanvarida sovet armiyasi mustaqillik mitingini jangovar qurol va tanklar orqali bostirişi vaqtida halok bölganlar xotirasiga bağişlangan Şahidlar xiyoboni hududidagi mangu olovga gul qöygandi. Öşanda yuzdan ortiq kişi halok bölgan. Rossiyalik propagandaçilar videosining sönggi soniyalarida Rossiya rahbari ortida qator qabrlar ham körinadi.
Bu voqeani Bokudagilar «qora yanvar» deb ataşadi, millatçilar esa öz imperiyasi parçalanişini kuç bilan töxtatişga uringan Rossiyani yoqtirmaslik uçun sabab sifatida eslatişadi.
Putinni Boku köçalarida Rossiya bayroqlari bilan qarşi olişmadi. Ammo Ozarboyjonda Rossiya yoki Putinga nisbatan keskin salbiy munosabat bor deb ham bölmaydi, bu örinda ança çigal vaziyat yuzaga kelgan.

Barçasi murakkab
2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqini boşlanganida, Bokuda Ukrainani qöllab-quvvatlab tinç aksiyalar ötkazilgandi. Bu politsiya odatda yakkalik piketlarni ham qattiqqöllik bilan bartaraf etadigan Ozarboyjonga xos holat emasdi. Öşanda esa faollar avval Ukrainaning, keyin esa Rossiyaning elçixonasiga borişganida politsiyaçilar özini çetga olgandi.
Ozarboyjon Ukrainadagi uruş borasida rasmiy bayonotlar bermagan bölsa-da, uşbu mamlakat uruş içida qolgan hududga insonparvarlik yordami yuborgan, mahalliy matbuot esa ozarboyjonliklar Ukraina tomonida turib jang qilayotgani haqida ijobiy ohangda yozgandi. Harbiy harakatlar hududida çindan ham ozarboyjonliklar bor - «Aydar» batalyonida, «Gurjiston batalyoni»da va boşqa bölinmalarda, hatto Ukraina qahramoni unvonini olgan ozarboyjonliklar ham topiladi.
Ayrim kuzatuvçilar iqtisodiyoti Rossiya bilan çambarças boğliqligi tufayli Ozarboyjon oçiqçasiga Ukrainani qöllab-quvvatlay olmasligini aytişadi.

Rossiya bilan qalin aloqalar
Pandemiya va uruşga qadar örtaça har yili Ozarboyjondan Rossiyaga çiqqanlar soni Rossiyadan Ozarboyjonga kirganlar sonidan 10 ming kişiga oşib ketgandi.
Ozarboyjon davlat statistika qömitasiga köra, Rossiya uruşga qadar ham, hozir ham ozarboyjonliklar eng köp boradigan mamlakat bölgan. 2023 yilda bundaylar soni 600 mingdan oşiqni taşkil etgan.
Ozarboyjonning MDH davlatlari bilan taşqi savdo aylanmasining uçdan ikki qismi (4,4 milliard dollar) Rossiya hissasiga töğri keladi. Asli uşbu mamlakatdan bölgan qator yirik tadbirkorlar Ozarboyjon bilan yaqin aloqalarga ega.
Bundaylar sirasiga biznesmen Farhod Ahmedovni kiritiş mumkin, ötgan yili uning Iosif Prigojin bilan telefonda Putin haqida gaplaşgani audiosi internetga sizib çiqqandi. Ozarboyjon prezidentining qizining sobiq turmuş örtoği Emin Agalarov — rossiyalik yana bir yirik tadbirkor, Crocus City Hall egasi Araz Agalarovning öğlidir.
Şuningdek, Bokuda, Yerevan va Tbilisidagidan farqli ölaroq, köplab universitetlarda va deyarli har bir maktabda töliq rus tilida öqiş imkoniyati bor. Poytaxtda yuqori maoş tölanuvçi işga kiriş uçun esa köp hollarda rus tilini biliş zarur hisoblanadi.
Şu tariqa, barça kelişuvmovçiliklarga qaramay, Ozarboyjonda Putinga nisbatan kuçli duşmanlik yöq, Ukraina tomonida turib uruşgan askarlar haqida faxrlanib yozgan hukumat ta’siridagi matbuot esa Rossiya prezidenti haqida iliq sözlar aytib, uni Ozarboyjonning dösti deb atamoqda. U davlat taşrifi bilan kelgan, ozarboyjonlik hamkasbi va uning rafiqasi esa uni oila mehmoni sifatida kutib olgan va Putin köylagining tugmasini böşatgança, stol ortida özini juda erkin tutib ötirişi mumkin bölgan.













