Prezident boşçiligida Qoraqalpoğistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yuzasidan ötkazilayotgan yiğilişda erişilgan yutuqlar bilan birga, Qoraqalpoğiston aholisini rozi qiliş, hayotini yaxşilaş, inson qadrini uluğlaş böyiça hudud rahbariyatida taşabbuskorlik yetişmayotgani, tuman hokimlari esa bunga mas’uliyatsizlik bilan yondaşayotgani körsatib ötildi. Amalga oşirilayotgan işlar yetarli emas, deb topildi.
Yil boşidan Bözatov, Beruniy, Qoraözak, Kegeyli, Möynoq, Taxiatoş, Taxtaköpir, Xöjayli va Şumanayda investisiya 5 million dollarga ham yetmagani qayd etildi. Investisiya hisobiga taşkil qilingan ba’zi korxonalar işlamayotgani, hududda eksport 100 million dollardan kam bölgani tanqid qilindi.
Yil boşidan Qoraqalpoğistondagi korxonalar 350 milliard sömlik soliq imtiyozlaridan foydalandi. Natijada tadbirkorlar “soya”dan çiqqani, faoliyatini kengaytirgani hisobiga 4 ming aholi işli böldi. Lekin, imtiyoz olgan ayrim korxonalarda iş örinlari kamaygan.
Nukus, Kegeyli, Çimboy, Qoraözak va Taxtaköpir tumanlarini “işsizlik va kambağallikdan xoli hudud”ga aylantiriş işlarida sustkaşlikka yöl qöyilayotgani qayd etildi.
"Qoraqalpoğistonda biznes uçun yaratilgan imkoniyat va şaroit boşqa birorta viloyatda yöqligi hisobga olinsa, şahar-tuman hokimlari bu imkoniyatlarni loyiha va iş örniga aylantira olganda, körsatkiçlar 5-10 karra yuqori bölardi", — dedi davlat rahbari.
Prezident Qoraqalpoğiston tuman va şahar hokimlari mas’uliyatini oşiriş böyiça yangi tizim bölişini ta’kidladi.
Bunda, tuman va şahar hokimlari har oyda öziga biriktirilgan bittadan viloyatga boradi, ulardagi yaxşi tajribalarni örganadi va tumanida joriy qiladi. Tadbirkorlarga öz hududidagi salohiyat va ustun jihatlarni tadbirkorlarga taqdimot qiladi, kamida 5 tadan taşabbuskor topib, öz tumaniga olib keladi va loyihani boşlaydi.
Haftada bir kunni töliq tadbirkor va investorlarga ajratib, muammosiga yeçim topadi.
Şuningdek, Qoraqalpoğiston hududlari bilan boşqa viloyatlardagi tumanlar örtasida kooperatsiyani yölga qöyiş böyiça har yili investisiya forumi ötkaziladi.
Yiğiliş davomida Qoraqalpoğistonda amalga oşirsa böladigan yana 9,5 milliard dollarlik 120 ta istiqbolli loyihalar tayyorlangani ta’kidlandi.
Sentyabr oyida Qoraqalpoğistonda yirik Investitsiya forumini ötkaziş reja qilingan. Mas’ullarga forumga puxta tayyorgarlik köriş böyiça topşiriq berildi.









