Panama 20 avgustdan boşlab Qöşma Ştatlar tomonidan moliyalaştiriladigan reyslar orqali noqonuniy migrantlarni qaytarişni boşladi, deb xabar beradi BBC.

Uşbu qadam Xose Raul Mulino Panama prezidenti sifatida qasamyod keltirganidan ikki oy ötib taşlandi. Mulino saylovoldi kampaniyasida ötgan yilning özida yarim milliondan ortiq migrantning Janubiy Amerikadan şimolga ötişiga xizmat qilgan xavfli yopişga va’da bergan.

Bayden ma’muriyati noqonuniy migratsiyani çeklaş yölidagi sa’y-harakatlari doirasida parvozlar xarajatini qoplaşga rozi bölgan.

20 avgust kuni 29 kolumbiyalikdan iborat guruh ortga qaytarilgan. Panama taşqi işlar vaziri va AQŞ içki xavfsizlik vaziri örinbosari Alexandro Mayorkas tomonidan imzolangan bitimga muvofiq, Qöşma Ştatlar Panamaga noqonuniy migrantlarni qaytariş böyiça logistika, transport va texnika xarajatlari uçun 6 million dollar ajratişga rozi bölgan.

Immigratsiya AQŞda noyabr oyida ötkaziladigan prezidentlik saylovlari oldidan muhim masala hisoblanadi va Meksika orqali mamlakatga kirib kelayotgan migrantlar oqimi qattiq nazoratga olingan.

Dariyen koridori — Kolumbiya va Panama örtasidagi jungli örmonlari bölib, Janubdan Şimoliy Amerikaga yöl olgan fuqarolar uçun tabiiy tösiq vazifasini ötaydi. Hisob-kitoblarga köra, 2023 yilda uşbu xavfli yölni 520 mingga yaqin odam piyoda bosib ötgan. 

Prezident Mulino Panama orqali ötadigan migrantlar sonini çeklaşga va’da berib, uşbu vaziyatni «afsuslanarli» deb atagan. «Ularning aksariyati venesuelalik. Bu odamlar… ajralişga majbur bölgan oilalar, örmonni kesib ötiş vaqtida ota-onasi halok bölgan beş-olti yoşli bolalar bor. Biz ularning kimligini, hatto ismini ham bilmaymiz», — deydi u.

Avvalroq prezident reyslar orqali birinçi navbatdagi kolumbiyalik migrantlar qaytarilişini ma’lum qilgandi. Panamaga olib kelingan migrantlarni Kolumbiya öz vataniga olib ketiş-ketmasligi hozirça noma’lum.

Mintaqadagilar agar Venesueladagi siyosiy inqiroz yaqin vaqtlar içida bartaraf etilmasa qoçoqlar oqimi ortib ketişi mumkinligidan xavotirda. Saylov oldidan ötkazilgan sörovlarda aksariyat venesuelaliklar Nikolas Maduro prezident etib qayta saylansa, mamlakatni tark etişlarini bildirgan.