Urgut tumanida turmuş örtoğini özini özi öldiriş darajasiga yetkazgan erkak jinoiy jazoga tortildi.

Kun.uz tanişib çiqqan sud hujjatlarida keltirilişiça, fuqaro A.M. 2013 yilda D.N. bilan qonuniy nikohdan ötib, oila qurgan. Ularning uç farzandi bölgan.

A.M. 2022 yildan 2024 yil yanvar oyi boşiga qadar arzimagan narsalardan janjal çiqarib, voyaga yetmagan farzandlari köz öngida turmuş örtoğining şa’ni va qadr-qimmatini kamsitib kelgan. U mast holatda ayolini ayovsiz kaltaklab, qiynab, unga rahmsiz muomalada bölgan hamda jismoniy va ruhiy azob bergan. Bunga çidamagan ayol 2024 yil 2 yanvar kuni soat 22:30 larda yaşaş uyining hovlisidagi daraxtga römoli yordamida özini osib, vafot etgan.  

Bundan taşqari, A.M. öşa kuni turmuş örtoğining öz joniga qasd qilganlik holatiga oydinlik kiritiş uçun kelgan uning qarindoşlari bilan janjallaşib, piçoq yordamida ikki kişiga tan jarohati yetkazgan.

Sudda pedagog iştirokida söroq qilingan bolalar otasi ularni ham muntazam kaltaklab kelganini aytişgan.

“Dadam doim mast bölib kelib onamni urib-döpposlardi. Özini kasalman deya onamni urib, işlab pul topib keliş uçun köçaga haydardi. 2024 yilga ötar keçasi ham dadam aroq içib kelib, janjal çiqardi va onamni urdi. Ertasi kuni amakim ham onamni haqoratlab, tepdi. Şundan söng onamning mazasi bölmadi. Bu haqda dadamga aytdi, biroq dadam şifokor çaqirmadi.

Dadam onamdan taşqari bizlarni ham doim kaltaklab kelgan. Hatto kiçik ukam yiğlaganida uni ham urardi”, deya körsatma bergan erkakning farzandlari. 

Sud A.M.ni Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi “a” bandi (moddiy tomondan yoki boşqa jihatlardan aybdorga qaram bölgan şaxsni özini özi öldiriş darajasiga yetkaziş), 104-moddasi 2-qismi “b, l” bandlari (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) va 109-moddasi 2-qismida (qasddan badanga yengil şikast yetkaziş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topgan. Unga nisbatan 9 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Oldinroq Bekobodda 5-qavatdan tuşib ketib vafot etgan ayolning eri 9 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi. U ikki bor himoya orderi berilganiga qaramay turmuş örtoğini muntazam urib, azoblab kelgan.