Ukraina qurolli kuçlarining Kursk viloyatida davom etayotgan harbiy amaliyoti fonida Kurskda, şuningdek, Kurçatov va Jyeleznogorskda temir-beton boşpanalarni örnatiş boşlandi. Bu qaror tezkor ştab tomonidan qabul qilindi, dedi Kursk viloyati muvaqqat gubernatori Aleksey Smirnov.
«Mening topşiriğimga köra, Kursk şahri ma’muriyati beton modulli boşpanalarni joylaştirişning asosiy nuqtalarini aniqladi - biz viloyat markazidagi 60 ta asosiy töxtaş pavilionlarini temir-beton boşpanalar bilan jihozlaşni rejalaştirmoqdamiz», deb yozadi u.
Smirnovning sözlariga köra, Jyeleznogorskda 10 ta temir-beton boşpana örnatiladi. Ukraina bilan çegaradan 65 km uzoqlikda, Kursk atom elektr stansiyasi joylaşgan Kurçatovda ham boşpanalar örnatiladi, ularning soni va joylaşuvi yaqin orada aniqlaştiriladi, deya qöşimça qildi gubernator vazifasini bajaruvçi.
Ukrainaning Kursk viloyatidagi harbiy operatsiyasi
Ukraina qurolli kuçlari 6 avgustdan buyon Kursk viloyatida keng kölamli hujum operatsiyasini ötkazmoqda. 20 avgust kuni Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Aleksandr Sirskiy mintaqadagi 1260 kvadrat kilometrdan ortiq hudud va 93 ta aholi punkti Ukraina nazoratida ekanligini ma’lum qildi. Sirskiyning sözlariga köra, ukrain tuzilmalari Rossiya hududiga 28-35 kilometr çuqurlikdan kirib borgan.
Kursk AES - Rossiyadagi eng yirik stansiyalardan biri. U törtta energiya blokidan iborat bölib, ulardan ikkitasi Ukraina qurolli kuçlarining mintaqadagi faol harakatlari fonida işlaşda davom etmoqda. 8 avgust kuni "Rosatom" AES hududida urib tuşirilgan raketalarning bölaklari topilganini e’lon qildi. Ukraina taşqi işlar vazirligi Ukraina qurolli kuçlari Kursk atom elektr stansiyasiga hujum qilişni rejalaştirmayotgani va hujum qilişni xohlamasligini bildirdi.
Avvalroq rossiyalik harbiylar Kursk viloyatida xandaqlar qazişni boşlagani, Rossiya Mudofaa vazirligi mintaqada bir neça oylik janglar kuzatilişini istisno etmayotgani xabar qilingandi. Şu bilan birga, Rossiya qurolli kuçlari «Belgorod», «Kursk» va «Bryansk» qöşinlari guruhlarini tuzmoqda.









