"Biznesni rivojlantiriş banki" ATB va Özbekiston mahallalari uyuşmasi mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligiga bağişlab e’lon qilgan “Mahalla taraqqiyoti uçun eng yaxşi biznes loyiha” körik-tanlovining respublika bosqiçi ğoliblari e’lon qilindi. 

Mahallalarda amalga oşirilayotgan biznes loyihalarni aniqlaş va moliyalaştiriş, biznes loyihalar taşabbuskorlarini rağbatlantiriş maqsadida ötkazilgan mazkur körik-tanlovda tadbirkorlar faol iştirok etdi. Xususan, tanlovga respublika böyiça 1189 ta onlayn ariza kelib tuşdi. 

Loyihalar taşabbuskorlari www.biznes-portal.uz elektron platformasi orqali ariza yuborib, “Kiçik biznesni uzluksiz qöllab-quvvatlaş” kompleks dasturi iştirokçisiga aylangan bölişi tanlovning asosiy şarti sifatida belgilandi.

Tanlovga kelib tuşgan loyihalarni baholaşda mahallalarda yangi iş örinlari yaratiş, aholi daromadlarini oşirişga qaratilgan biznes loyihalarga ustuvorlik berildi. 

 

Taşkil etilgan tantanali marosimda körik-tanlov Respublika bosqiçining ğolib va sovrindorlari taqdirlandi. 

Şuningdek, tanlovning xududiy bosqiçlarida ğoliblikni qölga kiritgan tadbirkorlarning mahsulotlari körgazmasi taşkil etildi.

Muhim jihati şundaki, “Mahalla taraqqiyoti uçun eng yaxşi biznes loyiha” körik-tanlovining xududiy va  respublika bosqiçlarida ğolib va sovrindor bölgan biznes loyihalar Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 sentabrdagi “Kiçik biznesni rivojlantirişni moliyaviy va institutsional qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-306-sonli qaroriga asosan joriy etilgan tartib asosida “Biznesni rivojlantiriş banki” va tijorat banklari tomonidan imtiyozli şartlarda moliyalaştirildi.