17 avgust kuni Andijon şahar obodonlaştiriş bölimi boşliği lavozimga tayinlangan şaharning sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev bir neça kun ötib, işdan böşatildi.
Kun.uz manbasi bergan uşbu ma’lumotni Andijon şahar hokimligi matbuot xizmati ham tasdiqladi. Hokimlik vakilining bizga ma’lum qilişiça, Rahmatullayev soğligidagi muammo tufayli öz arizasiga köra lavozimidan ozod qilingan.
Dilmurod Rahmatullayev 2019 yil iyun oyida viloyat hokimi tomonidan ötkazilgan selektor yiğilişida qattiq tanqid va haqorat qilingandi. Öşa yili avgustda öziga nisbatan fitna uyuştirilayotganini aytib, “Buni qoralayman, la’natlayman” deb video e’lon qilgan va şundan söng işdan olingandi.









