Birlaşgan Millatlar Taşkiloti boş kotibi Antoniu Guterriş atmosferani eng köp ifloslantirayotgan davlatlar zaharli gaz çiqindilarini kamaytirişga asosiy javobgar ekanini ta’kidladi. Bu haqda u Tinç okeani orollari forumi rahbarlarining yiğilişida gapirdi.

“Bugun Tinç okeani dunyodagi eng zaif mintaqa. Bu hududga nisbatan katta adolatsizlik qilinmoqda, şu sababdan men bu yerdaman”, — dedi u.

BMT dengiz sathining kötarilişi va uning Tinç okeanidagi orol davlatlarga tahdidi haqida ikkita alohida hisobot e’lon qildi.

Jahon meteorologiya taşkiloti hisobotida aytilişiça, mintaqada dengiz sathining kötarilişi, okean isişi va kislotalaniş darajasi uç baravar oşgan.

“Sababi aniq: asosan qazib olinadigan yoqilğilardan foydalaniş natijasida hosil böladigan issiqxona gazlari sayyoramizni jizğanak qilmoqda”, — dedi Guterriş forumdagi nutqida. “Dengiz tom ma’noda issiqlikni yutadi”.

Bu yilgi forum mavzusi “Transformativ bardoşlilik” böldi. Oçiliş kunida mehmonlar suv toşqinlari yoki zilzila tufayli evakuatsiya qilingan aholiga xizmat körsatuvçi yangi binoni sinovdan ötkazdi.

BMT e’lon qilgan hisobotlardan biri “Qiziyotgan sayyoradagi dengizlarning kötarilişi” deb nomlandi, unda örtaça global dengiz sathi sönggi 3000 yil içida misli körilmagan darajada kötarilayotgani aytiladi.

Hisobotga köra, sönggi 30 yil içida suv sathi örtaça 9,4 santimetrga kötarilib, Tinç okeanining tropik qismida 15 santimetrga yetgan.

Guterriş Tinç okeani orollari forumi yetakçilari yiğilişida ikkinçi bor iştirok etmoqda. Har yili ötkaziladigan tadbir Tinç okeanidagi 18 ta orol, jumladan Avstraliya va Yangi Zelandiya rahbarlarini bir joyga jamlaydi.

Bu gal yetakçilar rasmiy oçiliş marosimiga yiğilgan paytda kuçli yomğir yoğib, suv toşqinlari yuz berdi. Köp ötmay, Tonga mintaqasida 6,9 magnitudali zilzila qayd etildi — bu uning qançalik zaifligini körsatadi, deyiladi BBC xabarida.

2019 yilda Guterriş Tuvaluga borib, u yerda dengiz sathining kötarilişi haqida ogohlantirgandi. Beş yil ötib, u çinakam özgarişlarni körganini aytdi.

“Muammo şundaki, Tinç okeani orollari yana bir katta adolatsizlikka duçor bölmoqda — qiyin ahvoldagi mamlakatlarni qöllab-quvvatlaş uçun mavjud xalqaro moliyaviy vositalar bunday davlatlar uçun möljallanmagan”.

Konferensiyada qatnaşgan köpçilik mintaqadagi eng yirik donor va zaharli gaz çiqindisi manbai Avstraliyani ajratib körsatişdi.

Qazib olinadigan yoqilğidan bosqiçma-bosqiç voz keçiş haqidagi çaqiriqlarga qaramay, 2024 yil boşida boş vazir Entoni Albaneze Avstraliya bunday energiya manbalarini gaz qazib oliş va foydalanişni “2050 va undan keyingi yillarda” ham davom ettirişini aytgan.

“Asosiy javobgarlikni atmosferani eng köp ifloslantirayotganlar öz zimmasiga oladi”, — dedi Guterriş.

Avvalroq BMT rahbari dunyo aholisini issiqlikdan himoya qiliş uçun şoşilinç çoralar körişga çaqirgandi. Taşkilot sönggi ön yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq davr bölganini ma’lum qilgan.