Toşkent şahrida 1-oktabrdan jamoat transportida (yönalişdagi avtobus va metro) bir martalik yöl haqini elektron tölovda 2500 söm etib belgilaş taklif qilinmoqda. Naqd pulda tölov tarifini esa 3000 söm miqdorida saqlab qoliş rejalaştirilgan. Toşkent şahar kengaşi qarori loyihasi 19-sentabrga qadar muhokama uçun joylaştirilgan.

Bagaj olib yuriş haqini 4000 söm etib belgilaş taklif qilinmoqda. Barça summalar QQS bilan körsatilgan.

Agar taklif qabul qilinsa, karta yoki elektron tölovda bir martalik yölkira haqi 800 sömga yoki 47 foizga qimmatlaydi.

Bundan taşqari, transport kartalari uçun safarlar soniga qarab yangi tarif rejalari, şuningdek, bir soat içida jamoat transporti turlari örtasida almaşib ötilganda imtiyozli va bepul tariflarni joriy etiş ham nazarda tutilgan.

Faqat avtobuslarda safar qiliş uçun quyidagi çeklanmagan tariflar taklif etilmoqda:

photo_2026-09-10_21-55-03

Avtobus va metroda safar qiliş uçun quyidagi çeklanmagan tariflar böladi:

photo_2026-09-10_21-55-15

Şuningdek, töliq narxga nisbatan 23 foiz çegirma bilan safar paketlari joriy etilişi mumkin:

photo_2026-09-10_21-55-29

Şu bilan birga, bir soat içida transport almaştirişdagi çegirmalar tizimi saqlab qolinadi.

Xususan, faqat avtobuslarda safar qilinganda birinçi safar 2 500 söm böladi, ikkinçisi – 1 500 söm. Bir soat içidagi uçinçi va undan keyingi safarlar – bepul.

photo_2026-09-10_21-55-36

Avtobus va metro birgalikda işlatilganda ham birinçi safar 2500 söm, keyingi almaşib ötişlar esa safarlar ketma-ketligiga qarab 1500 söm yoki bepul böladi.

Bir soatlik tarif doirasida metrodan faqat bir marta foydalaniş taklif etilmoqda. Metroga qayta kirilsa, 60 daqiqalik vaqt yangidan hisoblana boşlaydi.