Angliya Xorvatiyaga 7 ta gol urdi, Yamalda noodatiy seriya
|11:22 / 04.10.202618 75714 min
Millatlar ligasi guruh bosqiçida 3-tur doirasida navbatdagi öyinlar bölib ötdi: Modriç Angliyaga qarşi öyindan keyin uzr söradi, Yamal qatorasiga uçinçi öyinda tezkor gol urdi, Şveysariya va Şimoliy Makedoniya öyinini it töxtatib qöydi.
Foto: IMAGO/Jerko Grubisic Xorvatlar şu vaqtgaça öz uyida 5 tadan köp gol ötkazmagandi, bu safar 7 ta gol ötkazildiFoto: IMAGO/Jerko Grubisic Xorvatlar şu vaqtgaça öz uyida 5 tadan köp gol ötkazmagandi, bu safar 7 ta gol ötkazildi
Xorvatiya avlodlar almaşinuvi va jamoaning sönggi ön yillikdagi yutuqlarining asosiy ijodkori bölgan Zlatko Daliçning ketişini oğriqli ötkazmoqda.
Inglizlar nomdor raqibga qarşi safarda keçgan öyinda juda oson ğalabaga erişdi. Barçasi birinçi bölimdayoq hal böldi. Avvaliga «Siti» himoyaçisi Yoşko Gvardiol qatorasiga ikkinçi öyinda golga olib keluvçi xatoga yöl qöydi. Maydon markazida töpni undan olib qöygan mehmonlar qarşi hujum uyuştirdi va bu hujum Bellinghem Harri Keynni golli vaziyatga çiqarişi bilan yakunlandi.
Keyn şu kuni dubl qayd etdi va yana bir golga uzatma berdi, Jud Bellinghemda 1+3, Bukayo Sakada 2+1, Entoni Gordon esa 1+1. Zaxiradan tuşgan Morgan Rodjers esa 87-daqiqada yakuniy hisobni örnatdi 7:0.
Inglizlar ustozi Tomas Tuhel yettinçi goldan keyin xorvatlar ustozi Slaven Biliçning oldiga borib, uni qöllab-quvvatladi.
Öyindan keyin xorvatlar sardori Luka Modriç muxlislardan uzr söradi: «Kuraşsiz, fidokorliksiz, follarsiz, jamoaviy birliksiz. Men bu yerda 20 yildan beri öynayman va aytişim kerakki, öyindan keyin birinçi marta uyalyapman. Yutqazişni qabul qiliş mumkin – ular kuçliroq edi, lekin bunday tarzda yutqaziş va öz obröngizni mana şunday tarzda yöqotişga yöl qöyib bölmaydi. 20 yil içida birinçi marta çindan ham uyalyapman. Bir-birimizni barmoğimiz bilan körsatişimiz şart emas, har doimgidek buni birgalikda boşdan ötkazişimiz kerak. Öyinlarda katta farq bilan mağlub bölganmiz, ammo bu öyindan keyingi his-tuyğular butkul boşqaça. Men heç qaçon bunday ahvolga tuşmaganman. Uzr sörayman».
Bu Angliya milliy jamoasining sönggi uç yillikdagi eng yirik ğalabasi böldi. Jamoa 2023-yilda Yevro-2024 saralaşida Şimoliy Makedoniya darvozasiga ham javobsiz 7 ta gol yöllagandi. Angliya XXI asrda faqat ikki bor bundan yirikroq hisobda ğalaba qozongan: 2013 va 2021-yillarda San-Marinoga qarşi öyinlarda mos ravişda 8:0 va 10:0 hisoblarida. Ammo raqiblar darajasi butkul farq qiladi.
Mavzuga oid
Xorvatiyada oldin ham yirik mağlubiyatlar bölgan. Ammo bunday katta farqdagisi birinçi marta. Şu vaqtgaça bolqonliklarning eng yirik mağlubiyati 2018-yil sentabrida safarda Ispaniyaga qarşi öyinda bölgandi – 0:6.
Bu öyinda stadionga atigi 6342 nafar muxlis tuşgandi, ammo ulardan aksari bolalar edi – Millatlar ligasi ötgan mavsumi çorakfinalida Fransiyaga qarşi öyinda röy bergan tartibsizliklar tufayli xorvatlarga öz uyidagi öyinlarda muxlislar kirişi böyiça çeklovlar joriy etilgan, ammo futbol akademiyalaridagi 14 yoşgaça bölgan bolalar stadionga tuşişiga ruxsat berilgan.
Keyn qatorasiga oltinçi öyinda gol urmoqda: u bu oraliqda jami 8 gol urgan. Mavsum startidan buyon ötkazilgan jami 10 öyinda (klub va terma jamoada) Harri urgan gollar soni 10 tani taşkil etmoqda. U Angliya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxşi töpurar. Va faqat olti futbolçi öz milliy jamoasi uçun undan köra köproq gol urişgan: Kriştianu Ronaldu (146), Lionel Messi (125), Ali Dayi (108), Sunil Çetri (95), Romelu Lukaku (94) va Robert Levandovski (92).
Gordon xalqaro tanaffusdagi uçala öyinda ham gol urdi. Mavsumni juda yaxşi boşlagan uşbu çap qanot vingeri Millatlar ligasi öyinlarida 3+1 körsatkiçini qayd etdi, şuningdek, «Barselona» safida 4 ta assist amalga oşirgan.
Ispaniya Çexiyaga qarşi öyinda ham ğalaba qozondi – 3:1. Lamin Yamal öz odatiga köra öyin startida hisobni oçdi: oldingi ikki öyinda ikki daqiqa içida gol urgan futbolçi bu safar biroz çözib yubordi va faqat 6-daqiqaga kelib öz uslubida olis burçakka zarba bergan holda darvozani işğol etdi. 35-daqiqada Rodri ham gol urdi va muxlislar yirik hisobga tayyorlana boşladi, ammo çexlar ikkinçi bölimda bitta javob golini urişga erişdi.
79-daqiqada hisob tenglaşgandi ham: David Rayya töpni qölidan çiqarib yubordi va Rayan Naderi bu vaziyatdan foydalandi. Ammo u hujumda fol işlatgan deb topildi va gol bekor qilindi.
Çexlar sardori Ladislav Kreyçi uşbu epizodda hakam bilan bahslaşgani uçun sariq kartoçka oldi, biroz ötib u yana bir bor ogohlantirildi va maydonni erta tark etişga majbur böldi. Ispanlar esa ön kişiga qarşi öyinda navbatdagi golni urdi – zaxiradan öyinga qöşilgan Mikel Merino öz anʼanasiga sodiq qolib, sönggi daqiqalarda gol urdi.
Ispaniya asosiy vaqtda yutqazmaslik böyiça seriyasini 41 öyinga yetkazdi. Bu seriya 2024-yil martidan buyon davom etib kelmoqda. Jamoaning sönggi mağlubiyati Kolumbiyaga qarşi örtoqlik öyinida qayd etilgan (0:1). De la Fuente şogirdlari örtada Millatlar ligasi finalida Portugaliyadan ham mağlubiyatga uçragan, ammo öşanda asosiy vaqt 2:2 hisobida yakunlangan, ğolib penaltilar seriyasida aniqlangandi (3:5).
Yamal qatorasiga uçinçi öyinda gol urmoqda. Alohida jihati: Angliya va Xorvatiyaga qarşi öyinlarda 2-daqiqada hisobni oçgandi, endi 6-daqiqada gol urdi. U bu mavsum startida klub va terma jamoadagi 11 öyinda 12 gol urdi va 7 assist amalga oşirdi.
Bu Çexiya uçun Millatlar ligasida qatorasiga uçinçi mağlubiyat böldi. Oldingi turlarda çexlar Xorvatiya (1:2) va Angliya (0:2)dan mağlub bölgandi, endi Ispaniyaga ham kuçi yetmadi.
Ispanlar hozirça yöqotişsiz davom etmoqda, Angliya – asosiy taʼqibçi.
6-oktabr. Xorvatiya – Ispaniya, Angliya – Çexiya. 12-noyabr. Çexiya – Ispaniya, Angliya – Xorvatiya. 15-noyabr. Xorvatiya – Çexiya, Ispaniya – Angliya.
Uşbu guruhdagi markaziy öyinda ikki jamoa darvozaboni navbati bilan xatoga yöl qöydi. Avvaliga Kobel Vipotnikning u qadar kuçli bölmagan zarbasini ötkazib yubordi. Keyin esa Oblak öz hamkasbini qöllab-quvvatlaşga qaror qildi va öziga kelgan töpni qöllari orasidan ötkazib yubordi. Bu vaziyatda töp himoyaçi Yanje orqali darvozaga kelgandi. Lekin Şveysariya öyin borasida yaqqol ustunlikka ega edi va bu hisobda ham öz aksini topdi – bölim oxirida Ndoy ğalaba golini urdi. Murat Yakin şogirdlari startdagi uç turda 100 foizlik natija qayd etgan holda guruhda peşqadamlik qilişda davom etmoqda.
Şotlandiya safarda Şimoliy Makedoniyani qiyinçiliksiz mağlub etdi – 2:0. Mezbonlarda deyarli qarşilik körsata olişmadi: 7-daqiqada «Sassuolo» hujumçisi Kiron Boui jarima maydoni taşqarisidan ajoyib zarba berdi va milliy jamoa safidagi debyut golini nişonladi, 69-daqiqada Jon Makginn penaltidan aniq foydalanib, yakuniy hisobni örnatdi. Şotlandlar şu kuni yirik ğalaba bilan ortga qaytişi ham mumkin edi, ammo makedoniyaliklar posboni Stole Dimitriyevski beşta seyv amalga oşirib, bunga yöl qöymadi. Öyin oxirida şotlandlar safida Skott Makkenna qizil kartoçka olib maydonni tark etdi, ammo bu natijaga taʼsir körsatmadi.
Maydonga çiqib ketgan it ham makedonlarga yordam bera olmadi: lekin u tufayli öyin bir neça daqiqaga töxtab qoldi.
Finlandiya Albaniya bilan öyinda kambek amalga oşirdi – 2:1. Avvaliga Rey Manay burçak zarbasidan keyin mehmonlarni hisobda oldinga olib çiqqandi. Ammo albanlar birinçi bölim örtalarida darvozabon Etrit Berişaning qöpol xatosidan keyin bir kişi kam bölib qolişdi – darvozabon jarima maydoni taşqarisiga çiqib keldi va raqib futbolçisini yiqitib, qizil kartoçka oldi.
Şundan keyin finnlar öyin tizginini öz qöliga olişdi. Öyin davomida yarimhimoyaçi Leo Valta jarima zarbalaridan dublga erişdi. Avvaliga 26-daqiqada mehmonlarning yangi darvozaboni Alen Şerri özi turgan joyga kelgan töpni ötkazib yubordi, ikkinçi bölimda esa töpga sakraşda keçikdi. Darvozabonlarning xatolari albanlarga qimmatga tuşdi.
Belarus San-Marinoga heç qanday imkon qoldirmadi – 4:0. Barça gollar ikkinçi bölimda urildi – töliq ustunlikka erişilganiga qaramay, hisob faqat 46-daqiqada oçildi. Ammo şundan keyin mezbonlarni töxtatib bölmadi: yakunda Artyom Konsevoy dubl rasmiylaştirdi, himoyaçi Kirill Peçenin assistlar böyiça het-trikka erişdi.
Belarus öyindan öyinga natijalarni yaxşilamoqda: jamoa turnirni Albaniya bilan öyindagi mağlubiyatdan (0:2) boşlagandi, ikkinçi turda finnlar bilan durang qayd etildi (0:0), endi esa kutilganidek guruh autsayderi tor-mor etildi. Şu bilan birga, Viktor Gonçarenko jamoasi hamon guruhda uçinçi örinda, San-Marino esa D ligasiga qaytişi tayin.
6-oktabr. Albaniya – San-Marino, Belarus – Finlandiya. 12-noyabr. Albaniya – Finlandiya, San-Marino – Belarus. 15-noyabr. Belarus – Albaniya, Finlandiya – San-Marino.
S ligasi, 4-guruh
Islandiya – Bolgariya 3:0 Gollar: Oskarsson, 37 (1:0). Oskarsson, 60 (2:0). Ellertsson, 90 (3:0) Aniq ijro etilmagan penalti: Oskarsson, 84’ Islandiya: Valdimarsson, Gunnarsson (Gretarsson, 46), Magnusson, Ellertsson, Anderson, Baldursson (Palsson, 62), Yohannesson, Torsteynsson (G. Sigurdsson, 62), A. Sigurdsson (Gudyonsen, 46), Haraldsson (Tomasson, 82), Oskarsson Bolgariya: Naumov, K. Dimitrov, Velkov, Velkovski, Turitsov, Gruyev (Senov, 55), Krayev, Rusev (Panayotov, 67), L. Petkov (M. Petkov, 55), Iliyev (Nikolov, 83), Çandarov (Z. Dimitrov, 67) Ogohlantirişlar: Magnusson, 4. Ellertsson, 32 – L. Petkov, 10. Velkovski, 27. Iliyev, 59. M. Petkov, 81
Islandiya Bolgariyani yirik hisobda taslim etdi – 3:0. Orolliklar safida «Real Sosiyedad» hujumçi Orri Ouskarsson öyin qahramoniga aylandi: barça gollarda iştirok etdi, şu bilan birga penaltini urolmadi. Ötgan turda Lyuksemburgga qarşi öyinda ham gol va pas qayd etgan Ouskarsson xalqaro tanaffusdagi eng sermahsul futbolçilardan biri bölmoqda. Qatorasiga ikkinçi öyinda 3:0 hisobida ğalaba qozongan Islandiya guruh peşqadami bölib oldi.
Estoniya Lyuksemburg ustidan minimal ğalabaga erişdi – 1:0. 5-daqiqada urilgan gol öyin taqdirini hal qildi: bu vaziyatda mehmonlar darvozaboni seyv ijro etgandi, ammo estonlar yarimhimoyaçisi Rasmus Peetson töpga birinçi bölib yetib keldi. Şu kuni Lyuksemburg darvozaboni Antoni Moris sakkiz bor jamoasini gollardan qutqarib qoldi va mağlubiyatga qaramay, öyinning eng yaxşi futbolçisi böldi.