Şaxmat quvonçi

Hafta Samarqanddan kelgan quvonçli xabar bilan boşlandi: 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasida Özbekiston erkaklar terma jamoasi tört yil içida ikkinçi marta çempion böldi. 27-sentabrdagi sönggi turda asosiy raqibimiz Hindiston Vengriya bilan durang öynagaç, oltin medallar taqdiri hal böldi. Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboyev, Şamsiddin Vohidov va Muhiddin Madaminovdan iborat jamoamiz Ukrainani ham 2,5:1,5 hisobida mağlub etib, turnirni 20 oçko bilan yakunladi. 11 ta uçraşuvning 10 tasida ğalaba: amaldagi çempion Hindiston, Xitoy va jahon reytingi yetakçisi AQŞ ham ortda qoldi.

29-sentabrda prezident Şavkat Mirziyoyev şaxmat va paraşaxmat jamoalari aʼzolari hamda ularning yaqinlari bilan uçraşdi. “Bizda 2-3 nafar şaxmatçi emas, balki butun boşli kuçli avlod bor”, – dedi davlat rahbari.

Mukofotlar ham salmoqli böldi. Olimpiada çempionlarining har biri 200 ming dollar, ularning murabbiylari 50 ming dollardan pul mukofoti oladi. 3-Paraşaxmat olimpiadasida bronza medalini qölga kiritgan paraşaxmatçilarimizga 50 ming dollardan, murabbiylariga 12,5 ming dollardan beriladi. Bundan taşqari, beş nafar çempion va beş nafar paraşaxmatçiga uy-joy va avtomobil, murabbiylar Rustam Qosimjonov va Samandar Şermuhammadovga esa avtomobil ajratildi.

“Albatta, maşina ham kerak-ku, lekin kelajak kelinlari uçun uy ham kerak”, – deya hazillaşdi prezident.

Şaxmatçilar davlat mukofotlari bilan ham taqdirlandi: Muhiddin Madaminov “Özbekiston iftixori” faxriy unvoniga, Abdusattorov, Yoqubboyev va Vohidov “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sportçi” unvoniga, Sindarov esa “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeniga sazovor böldi. Sönggi uç olimpiadadagi natijalar – Çennayda oltin, Budapeştda bronza va Samarqandda yana oltin – bu yutuq tasodifiy emasligini körsatadi.

Pedofillarga umrbod qamoq

Haftaning eng oğir mavzusi esa jamiyatni larzaga solgan jinoyat böldi. Namangan viloyati Uçqörğon tumanidagi davlat boğçasida şu boğçaning 52 yoşli xöjalik işlari mudiri 5 yoşli tarbiyalanuvçiga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etgan. Iş ustidan nazoratni boş prokuror öz zimmasiga olgan.

27-sentabrda xorijda xizmat safarida bölgan Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva voqeaga munosabat bildirdi. “Nazarimda, bunday vahşiyona jinoyatlar uçun aslida ölim jazosini qöllaş kerak. Lekin ming afsuski, amaldagi qonunçilikda oliy jazo közda tutilmagan”, – deb yozdi u.