Germaniyaning Krefeld hayvonot boğida dunyodagi eng keksa yalqov Yan vafot etdi. U 54 yoşda edi. Bu haqda hayvonot boği saytida xabar berildi.
Boğ xodimlarining aksariyati uçun Yan bilan vidolaşiş oğir keçdi, çunki ular jonivorga 25 yildan ortiq ğamxörlik qilişgan. Yalqov 2021 yilda dunyo miqyosida şuhrat qozongandi — öşanda u öz turining dunyodagi eng keksa vakili sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
Yan Janubiy Amerikada yovvoyi tabiat qöynida tuğilgan. 1970 yilda uni topib olişganida taxminan olti oylik edi. Tez orada u hayvonot boğiga joylaştirildi. Boşqa yalqovlar singari, Yan köp vaqtini daraxtlar ustida ötkazdi — tabiatan ularga ovqat hazm qiliş uçun köp vaqt kerak böladi, bu bir neça kundan bir neça haftagaça davom etadi.
2024 yil may oyida Yan özining 54 yoşini nişonladi. Keksa ekaniga qaramay, yalqovning 22 nafar bolasi bor edi.
Yanga qadar dunyodagi eng keksa yalqov Germaniyaning Halle Zoe hayvonot boğidagi ikki barmoqli Paula edi. Paula 51 yil umr kördi. Butunjahon yovvoyi tabiat fondi ma’lumotlariga köra, ikki barmoqli yalqovlar odatda 20 yil yaşaydi. Parvariş ostida saqlangan jonivorlar esa köproq umr körişi mumkin: maksimal 40 yilgaça.
Avvalroq Hongkongda Ying Ying laqabli keksa gigant panda ilk bor ona bölgandi. U egizaklarni dunyoga keltirdi.












