Rossiya sönggi mojarolar va Ukrainadagi uruş bilan boğliq Ğarb harakatlari tahlili asosida yadroviy doktrinasini özgartiradi. Bu haqda 1 sentabr, yakşanba kuni çop etilgan intervyuda Rossiya Federatsiyasi taşqi işlar vaziri örinbosari Sergey Ryabkov TASS’ga ma’lum qildi, «Biz bir neça bor ta’kidlaganimizdek, iş ilğor bosqiçda va tuzatiş kiritişning aniq yönalişi, şu jumladan sönggi yillarda mojarolar rivojlanişi tajribasini örganiş va tahlil qiliş, ğarbdagi raqiblarimizning maxsus harbiy operatsiyaga boğliq bölgan keskinlaşuv kursi böyiça barça narsalar nazarda tutilgan», - dedi vazir örinbosari.

Uning tuşuntirişiça, hozirda tegişli hujjatni yakunlaş jarayoni davom etmoqda, ammo uni aniq sanalar haqida gapirişga hali erta. «Uşbu işni yakunlaş muddati juda qiyin masala, çunki gap milliy xavfsizligimizni ta’minlaşning eng muhim jihatlari haqida ketayotganini hisobga oliş kerak», — dedi Ryabkov.

Rossiya siyosatçilari doktrinaga tuzatiş kiritiş haqida tobora köproq gapirmoqda

Vazir örinbosari Rossiyaning yadroviy doktrinasiga rejalaştirilgan özgarişlar haqida bir neça bor e’lon qildi. Bu böyiça yaqinda boşqa rossiyalik siyosatçilar ham ogohlantirgan. Xususan, 11 iyul kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov TASS muxbirining savoliga javob berar ekan, Rossiya yadroviy doktrinasiga tuzatiş kiritiş böyiça munozaralar olib borilayotganini tasdiqladi. U ehtimoliy özgarişlarni NATO harakatlariga javob deb atadi.

Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov 27 avgust kuni ta’kidlaganidek, amerikalik siyosatçilar Rossiyaning «yadro qurolidan foydalaniş doktrinasi haqida yaxşi bilişadi».

Rossiya yadroviy doktrinasi

2020 yilgi «Rossiya Federatsiyasining yadroviy tiyib turiş sohasidagi davlat siyosati asoslari»ga binoan, agar duşman Rossiyaga qarşi ommaviy qirğin qurollari turlaridan foydalansa, Rossiya tomoni yadro qurolidan foydalanişi mumkin. Şuningdek, bu Rossiya va uning ittifoqçilariga hujum qiliş uçun ballistik raketalar uçirilganligi töğrisida işonçli ma’lumot olingan bölsa, Rossiya Federatsiyasiga oddiy qurollardan foydalangan holda tajovuz sodir bölgan taqdirda, davlatning mavjudligi tahdid ostida bölganda yuz beradi.