AQŞ prezidenti Jo Baydenning öğli Xanter Los-Anjyeles sudida töqqizta federal ayblov böyiça aybiga iqror böldi. The New York Times’ning yozişiça, u 17 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.
Kiçik Baydenning aytişiça, u noqonuniy ravişda qurol sotib olgani böyiça sudlanganidan keyin oilasini yana «azob va tahqirlaşni» istamagani uçun şunday qarorga kelgan.
«Oilamga qanday azob keltirganimni his etmagan holda Deleverdagi sud qarşisida turdim va ular yana bir bor buni boşidan ötkazişlariga majbur qilmayman. Menda faqat bitta yöl qoldi», — deydi Xanter Bayden.
Avvalroq Xanter Bayden va uning himoyasi Alford pretsedentiga asoslangan kelişuvni taklif qilgandi — unda sudlanuvçi ayblov uçun yetarli dalillar borligini tan oladi, lekin ayblovlar böyiça aybini tan olmaydi. Prokuratura bunday bitimni rad etgan edi. Natijada Baydenning advokatlari u barça ayblovlar böyiça aybini tan olişga tayyorligini ma’lum qildi.
Amerika qonunçiligiga köra, Xanter Bayden 17 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi yoki 1,3 million dollar miqdorida jarimaga tortilişi mumkin. Bundan taşqari, kiçik Baydenga 2018 yilda Colt Cobra revolverini xarid qilişda yolğon işlatgani uçun 25 yilgaça qamoq jazosi tahdid qilmoqda. Ayni vaqtida u sud eşituvi yakunlangunga qadar garov evaziga ozodlikda qoladi.
Naşrning qayd etişiça, Xanter Bayden va uning himoyasi AQŞ prezidentining afvidan umid qilmayapti. Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Perning jurnalistlarga ma’lum qilişiça, Jo Bayden öğlini afv etişni rejalaştirmagan.
Kiçik Baydenning himoyasi sudda öz mijozi barça soliq qarzdorliklarni tölaganini ta’kidladi. Iş materiallariga köra, Xanter Bayden «Burisma» ukrain gaz kompaniyasi va Xitoydagi xususiy investitsiya fondi boşqaruv a’zosi bölgan holda 2016 yildan 2019 yilga qadar yetti million dollar işlab topgan. Uşbu bitimlar doirasida u soliq tölamagan, qölga kiritgan mablağlarini giyovand moddalar va haşamatli buyumlar xaridiga sarflagan.













