Taniqli bastakor Musoxon Nurmatov 56 yoşida olamdan ötdi. Bu haqda uning öğli, qöşiqçi Yusufxon Nurmatov instagram sahifasida ma’lum qilgan.

U uzoq vaqtdan buyon kasallik bilan kuraşib kelayotgandi.

Musoxon Nurmatov 1968 yili Farğona viloyatida tuğilgan. U 1990-yillar oxiri, 2000-yillar boşida özbek milliy ectrada san’atidagi yuzlab qöşiqlar musiqasining muallifidir.

Bastakor faoliyati davomida Ozodbek Nazarbekov, Şohjahon va Zohirşoh Jörayev, Abduraşid Yöldoşev, Bahrom Nazarov, Mansurxon va Yusufxon Nurmatov kabi köplab san’atkorlar bilan hamkorlik qilgan.

Xususan, uning «Laylim», «U gözal boşqa», «Adaşdim», «Yana soğindim, yana», «Meni sevib qolsayding», «Xabaring yöq», «Qizmi bu, kiyikmi bu», «Davraga tuşgan gözal», «Oh, mani vatanim bu», «Kelin bölib ketar bölding Laylo», «Tölin oy», «Naysonim Vatan» kabi önlab qöşiqlari maşhur.

U şuningdek köplab filmlar uçun bastakorlik qilgan, sönggi yillarda esa ijodkorning ğoyasi va prodyuserligida «Jurnalist» va «Qodirxon» kabi seriallar suratga olingan.