Antikvar va nodir buyumlar kolleksioneri, Markaziy Osiyo böyiça mutaxassis Anvar Viktorin öz kolleksiyasiga XVI asrga oid qadimiy qölyozma qöşilganini ma’lum qildi. Uşbu qölyozma Islomning asosiy aqidalariga bağişlangan risola bölib, Usmonlilar davri maşhur yozuvçisi Mustafo Izzatga tegişli yirik kolleksiyasining bir qismi hisoblanadi.

Asli qozoğistonlik, uzoq yillardan beri AQŞda yaşab, mamlakat fuqaroligini olgan Anvar Viktoringa bu qölyozmani Amerikadagi nufuzli oilalardan birining vakili topşirgan. Victorin’s Art and Auctions nomli noyob buyumlarni yiğuvçi kompaniya rahbari Viktorin yoz oylarida Qozoğistonga taşrifi çoğida qölyozma haqida jurnalistlarga aytib berdi.

2024 yil fevral oyida Rossiyaning ikkita instituti: Rossiya Fanlar akademiyasining Şarq qölyozmalari instituti va Rossiya davlat texnologiya universitetining Xalqaro Rossiya-Eron markazi tomonidan ötkazilgan ekspertizalar natijasida kitobning asl nusxada ekani tasdiqlandi. Qölyozmaga “şubhasiz katta qiymatga ega tarixiy yodgorlik” degan baho berildi.

Ekspertiza xulosasida qölyozmaning oxirgi varağidagi “Imomquli Bahodirxon” yozuvli bodomsimon muhr izi alohida körsatilgan. Bu belgi qölyozmaning 1611-1642 yillarda Buxoroda hukmronlik qilgan aştarxoniy hukmdori Imomqulixon (1582-1644) kutubxonasiga tegişliligini bildiradi.

Muhr xon devonxonasining yozuv an’anasiga köra Imomqulixon nomi yoniga qöyilgan. Muhr ostida Samarqand amiri Yalangtöş Bahodirning ismi 1021 yil sanasi (1612–1613 yillar) bilan körsatilgan va uning harbiy iste’dodi hamda taşkilotçilik qobiliyati tufayli şuhrat qozongani, şu bois Aştarxoniylar hukmdoridan amir unvonini olgani qayd etilgan yozuv keltirilgan.

Qölyozma mazmuni XVI asrga oid qadimiy fors tilida yozilgan. Bunda ikkita qizil satrga e’tibor beriş kerak. Birinçisi — Buxoro xoni Imomqulixonning ismi. Ikkinçi qizil satrda Yalangtöş Bahodirning nomi yozilgan.

Olimlarning tuşuntirişiça, barça qölyozmalarda xonning ismini alohida ajratib körsatiş maqsadida uni doim qizil rang bilan yoziş odat tusiga kirgan. Ammo qiziq jihati şundaki, Imomqulixon Yalangtöş Bahodirning ismini ham qizil siyoh bilan yozişni buyurgan. Bu şuni anglatadiki, xon Bahodirni öziga teng deb bilgan va uni xon darajasiga kötargan. Ya’ni Bahodir butun xonlikda töla huquqli boşqaruvçi mavqeiga ega bölgan.

“Mazkur qölyozma yana bir masalaga dalil hisoblanadi: Yalangtöş Bahodir özbek Buxoro xonligi tarixida muhim örin tutgan. U Imomqulixonning taxtga çiqişiga kömaklaşgan, buning evaziga Imomqulixon uni Samarqand hokimi unvoni bilan taqdirlagan. Kitobda Yalangtöş botirga bağişlangan maqtov şe’ri bayon etilgan”, — dedi Viktorin.

Yozuvning haqiqiyligini aniqlaş maqsadida 2023 yil dekabr oyida “Davlat ijtimoiy-gumanitar universiteti sud ekspertizalari markazi” va Moskva şahridagi “Moskva zamonaviy san’at muzeyi” davlat budjet madaniyat muassasasida kimyoviy va texnologik ekspertiza ötkazildi. Natijada qöllangan siyoh va qoğoz varaqlaridagi ziğir tolalari XVI asr ikkinçi yarmi va XVII asr birinçi yarmida işlatilgan materiallarga mos kelişi aniqlandi.

Özbekistonda Yalangtöş Bahodir şaxsiga katta qiziqiş bildirib kelinadi. Özbekiston tarixida muhim örin egallagan şaxslar töğrisida bir qança, maqola, risola, monografiyalar yaratilgani, ular faoliyatiga doir konferensiyalar uyuştirilgani holda Bahodir Yalangtöş faoliyatiga doir tadqiqotlar ança kamligi közga taşlanadi. Yil boşida Samarqandda buyuk sarkarda haqida keng kölamli tarixiy badiiy film suratga olindi va uning taqdimoti bölib ötdi. Bugun xorijda nafaqat Samarqandning ramzi, balki Özbekiston ramzi sifatida ma’lum bölgan Registon maydonidagi Tillakori (1646–1660) va Şerdor (1619–1636) madrasalari şaxsan Bahodir Yalangtöş tomonidan qurilgan.

Qöşni Qozoğistonda Yalangtöş Bahodirni xalq qahramoni deb ham bilişadi. Qizilörda, Oqtöba va Turkiston viloyatlarida unga haykallar örnatilgan.

Amerikada topilgan yodgorlik Yalangtöş Bahodir şaxsining tarixiy ahamiyatini tasdiqlaydi. U qadim ajdodlar zamonida Özbekiston va Qozoğiston xalqlarining birlaşişiga katta hissa qöşgan.

Viktorinning ta’kidlaşiça, u allaqaçon har ikki davlatdan qölyozmani sotib oliş böyiça takliflar olgan.

“Agar bu kitob öz tarixiy yurtiga qaytib, milliy boylikka aylansa, xursand bölardim. Ehtimol, u zamonaviy formatga ötkazilib, keng kitobxonlarga taqdim etilar”, — deya öz rejalari bilan örtoqlaşdi kolleksioner.