Toshkent shahrida 26-avgust kuni Zeekr 001 elektromobilida yongʻin chiqdi. 

Poytaxt FVBBga Yashnobod tumani, Qorasuv koʻchasi 4-uy oldida elektromobil yonayotgani haqida soat 14:45 da xabar kelib tushgan.

Taʼkidlanishicha, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borgan va yongʻin soat 15:07 da oʻchirilgan.

“Yongʻin oqibatida jarohatlanganlar yoʻq”, - deyiladi idora xabarida.

Eslatib oʻtamiz, 2025-yil aprel oyida ham Toshkent markazida zaryadlash stansiyasida turgan Zeekr 001 yonib ketgandi.

“Drujba”da yongan Zeekr voqeasi: sud avtomobil egasi foydasiga 450 mln soʻm undirishni belgiladi