Vazirlar Mahkamasining “Metrologiya töğrisida”gi qonunga özgartirişlar kiritilişi munosabati bilan Ölçaş natijalari davlat ahamiyatiga ega bölgan ölçaş vositalari turkumlarining röyxatini tasdiqlaş hamda hukumat ayrim qarorlariga metrologiya tekşiruvi hamda davlat metrologiya nazorati funksiyalarining ajratilişini nazarda tutuvçi özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan 179 ta banddan iborat va quyidagi guruhlarga tasniflangan ölçaş natijalari davlat ahamiyatiga ega bölgan ölçaş vositalari turkumlarining röyxati tasdiqlanmoqda:

  • soğliqni saqlaş sohasida faoliyatni amalga oşirişda qöllaniladigan ölçaş vositalari;
  • atrof-muhitni muhofaza qiliş, neft va kimyo, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş va quriliş sohasida qöllaniladigan ölçaş vositalari;
  • mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlaş, şuningdek, xavfli işlab çiqariş obektlarida qöllaniladigan ölçaş vositalari;
  • savdo va tovar ayirboşlaş operatsiyalarini amalga oşiriş, tovarlarni qadoqlaş böyiça işlarni bajarişda qöllaniladigan ölçaş vositalari;
  • mudofaa, aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari sohalarida qöllaniladigan ölçaş vositalari;
  • bank, soliq, bojxona va poçta operatsiyalarini amalga oşirişda qöllanadigan ölçaş vositalari.