Özbekiston milliy metrologiya instituti yoş tadqiqotçilarining ilmiy işlanmalari asosida furgon turkumidagi avtomobil platformasida jamlangan ölçaş funksiyalariga ega tibbiy texnikani (keyingi örinlarda tibbiy texnika deb ataladi) metrologik tekşiruvdan ötkazuvçi ilk innovatsion loyiha Mobil metrologiya laboratoriyasi yaratildi.

Ma'lumot uçun: Metrologiya sohasidagi mobil laboratoriyalar turkumida Mobil metrologiya laboratoriyasi öziga xos hisoblanib, xorijiy davlatlarda uning analogi mavjud emas.

Loyihani amalga oşirişda Toşkent şahridagi Turin politexnika universitetining yoş konstruktorlari, dasturçilari va konstruktorlik byurolari bilan hamkorlik qilindi.

Mobil metrologiya laboratoriyasi tibbiyot muassasalarida olib boriladigan tibbiy diagnostik tahlillarning işonçliligini ta'minlaş orqali tibbiy xizmat körsatişda sifat va muolajalarning samaradorliligiga erişiş maqsadida tibbiy texnikalarning metrologik tekşiruvini ta'minlaydi.
Mobil metrologiya laboratoriyasi joriy yilning 20 may sanasida “Salomatlik uçun ölçaşlar” şiori ostida nişonlanadigan “Xalqaro metrologiya kuni”ga tuhfa sanaladi.
Mobil laboratoriya tibbiy texnikalarning joyida metrologik tekşiruvini ötkazişga xizmat qiladi.

Ma'lumot uçun: Laboratoriya metrologik tekşiruvdan ötkazilişi lozim bölgan 32 ta tibbiy texnikadan 25 tasi (78 foizi) ning metrologik tekşiruvini qamrab oladi.
Mobil metrologiya laboratoriyasi namunaviy ölçaş vositalari, taşkiliy texnika, elektr manbai, konditsioner, avtomatik havo aylaniş tizimi, toza suv ta'minoti va reagentlar uçun muzlatkiç bilan jihozlangan.
Ma'lumot uçun:












