Joriy yilning 22 mart kuni Özbekiston milliy metrologiya institutining kalibrlaş laboratoriyalari Turkiyaning akkreditatlaş agentligi (TÜRKAK) tomonidan xalqaro darajada akkreditatsiyadan ötkazildi.
Buning natijasi ölaroq, Özbekiston milliy metrologiya institutining massa, bosim va harorat kattaliklari böyiça körsatiladigan kalibrlaş xizmatlari Laboratoriyalar akkreditatsiyasi böyiça xalqaro taşkilot (ILAC) doirasida tan olinadi.
Turk akkreditatsiya agentligi TÜRKAK saytidagi akkreditatsiyadan ötgan kalibrlaş laboratoriyalari röyxatiga Özbekiston milliy metrologiya instituti ham kiritildi.

AB-0229-K “Uzbek National Institute of Metrology” nomli fayl bilan kalibrlaş yönalişida röyxatga kirişi Özbekiston milliy metrologiya instituti salohiyatining yana bir poğonaga kötarilganini namoyon etmoqda.
Bu bilan öz örnida respublikada bajariladigan ölçaş natijalarining xalqaro darajada metrologik kuzatiluvçanligini ta'minlaşga hamda mahalliy mahsulotni çet elga yetkazib berişda ölçaş va sinaş natijalarining tan olinişiga erişiladi. Eng muhimi, endilikda kalibrlaş laboratoriyalarining bayonnoma va xulosalari 60 dan ortiq davlatda tan olinadi.

Özbekiston milliy metrologiya instituti Matbuot xizmati











