Dunyoda 2024 yilning avgust oyi davomida qariyb 50 ming kişida vabo aniqlandi, ularning 160 nafardan ortiği vafot etdi. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) ma’lum qildi.

JSST ma’lumotlariga köra, avgustda 17 ta davlatdan vabo bilan kasallanişga oid 49,9 mingta va ölim bilan boğliq 161 ta holat haqida xabar kelib tuşgan. Iyul bilan taqqoslaganda uşbu oyda kasallaniş körsatkiçi 16 foizga, ölim holati esa 28 foizga kamaygan.

Afğonistonda avgust oyida 24 ming 977 kişida, Pokistonda — 7 ming 802 kişida, Yamanda esa 7 ming 123 kişida vabo aniqlangan. «Yaqinda Markaziy va Ğarbiy Afrikada, şuningdek, Janubi-Şarqiy Osiyoda yuz bergan suv toşqinlari vaboning yuqiş ehtimolini oşirdi», — deyiladi JSST xabarida.

Qayd etilişiça, joriy yilning 1 yanvaridan 25 avgustiga qadar dunyoning 28 ta davlatida 371,5 mingdan ortiq vabo bilan kasallaniş hamda 2 ming 527 ta uşbu kasallik oqibatida yuzaga kelgan ölim holati aniqlangan.

Kasallik asosan Şarqiy Örta yer dengizi va Afrika mintaqasida keng tarqalmoqda. Afğonistonda yil boşidan beri 120 mingdan ortiq insonda, Pokistonda — qariyb 50 ming kişida, Yamanda — 31 mingdan ziyod insonda vabo aniqlangan. Undan keyingi örinlarda Kongo Demokratik Respublikasi, Efiopiya, Zambiya va Zimbabve turibdi.

Avvalroq 2023 yili dunyo böyiça vabo infeksiyadan ölim körsatkiçi 2022 yilga nisbatan 71 foizga, kasallaniş holatlari esa 13 foizga oşgani töğrisida xabar berilgandi.