39 yoşli Feliks De la Rosa taqiqlangan moddalarni tayyorlaş va taşiş aybi bilan 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi. 2022 yilda u jazoning törtdan bir qismini ötab, muddatidan oldin ozod qilingan. Ammo muddatidan ilgari şartli ozod qiliş şartlariga köra, u elektron bilaguzuk taqib yurişi va belgilangan hududni tark etmasligi kerak edi.

Feliks esa gadjetni yeçib taşlab, közdan ğoyib bölgan.

Politsiya uni Texasdagi mehmonxonadan topdi va qölga oliş uçun guruh yubordi. Ammo jinoyatçi xonaga berkinib olib, taslim bölişdan boş tortgan va politsiyaga qarata öq uzgan.

Labbok okrugidagi şerif idorasidan çaqirilgan maxsus guruh Feliksni tinç yöl bilan taslim bölişga köndirişga uringan, ammo erkak ularga ham öq uzişda davom etgan. Şerif idorasining snayperi unga tomonga öt oçdi. Söng mehmonxona balkoniga Labbok hududiy bölimining robot-sapyori çiqarildi.

Hodisa joyidan olingan videoga köra, robot Feliksga yaqinlaşganda, erkak uning ustiga körpa uloqtiradi. Söng derazadan robotga bir neça marotaba öq uzadi. Robot esa deraza oldiga kelib, körpaning bir çetini kötaradi va erkakka qarata közni yoşlatuvçi gaz purkaydi.

Köp ötmay Feliks de la Rosa derazadan çiqib, yuzini çangallagança, jon talvasasida emakladi, robot uning ustiga bostirib borib, şortisini yeçib yubordi.

Şu tariqa gumonlanuvçi qölga olindi va tez yordam maşinasida tibbiyot markaziga yetkazildi.