Statistika agentligi O‘zbekistonning 2024 yil yanvar-avgust oylaridagi tashqi savdo aylanmasiga doir ma’lumotni taqdim etdi.
Qayd etilishicha, hisobot davrida respublika tashqi savdo aylanmasi 42,7 mlrd dollarga yetgan. Bunda eksport hajmi 17,34 mlrd dollar, import hajmi esa 25,36 mlrd dollar. O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda eksport 5,5 foizga, import 7,4 foizga oshgan. Tashqi savdo salbiy saldosi esa 8 mlrd dollarga yetgan.

Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo sherigi sifatidagi o‘rnini saqlab qolgan bo‘lsa-da, bu borada Rossiyaning ulushi ham oshib boryapti. Hisobot davrida Xitoy bilan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 8 mlrd dollarga, Rossiya bilan 7,7 mlrd dollarga yetgan. Bu respublika umumiy tashqi savdo aylanmasi hajmining mos ravishda 18,8 va 18,2 foizini tashkil qiladi. Shuningdek, tashqi savdo aylanmasining salmoqli qismi Qozog‘iston (6,2 foiz), Turkiya (4,6 foiz) va Janubiy Koreya (3,1 foiz) bilan qayd etilgan.

2024 yilning dastlabki 8 oyida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan Top-10 davlat:
- Xitoy – 8 mlrd dollar;
- Rossiya – 7,7 mlrd dollar;
- Qozog‘iston – 2,6 mlrd dollar;
- Turkiya – 1,9 mlrd dollar;
- Koreya – 1,3 mlrd dollar;
- Turkmaniston – 805 mln dollar;
- Fransiya – 744 mln dollar;
- Germaniya – 679 mln dollar;
- Afg‘oniston – 668 mln dollar;
- AQSh – 614 mln dollar.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor davlatdan beshta mamlakat – Fransiya, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Pokiston va Tojikiston bilan ijobiy tashqi savdo balansi kuzatilgan. Qolgan 15 ta davlat bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolgan.
E’tiborga molik jihati yanvar-avgust oylarida o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda, quyidagi davlatlarga eksport hajmi sezilarli darajada ko‘paygan: Rossiyaga (1,97 mlrd dollardan 2,46 mlrd dollarga), Fransiyaga (261 mln dollardan 497 mln dollarga), Afg‘onistonga (537 mln dollardan 646 mln dollarga), AQShga (90 mln dollardan 210 mln dollarga). Markaziy Osiyo mamlakatlarining barchasiga mahsulot yetkazib berish qisqargan:

















