Armaniston Ozarboyjon bilan tinçlik bitimini imzolaş uçun Konstitutsiyani özgartirişga tayyor. Bu haqda mamlakat boş vaziri Nikol Paşinyan BMT Boş Assambleyasi yiğilişida ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, agarda Armaniston va Ozarboyjon tinçlik bitimini imzolasa, uşbu hujjat Armaniston Konstitutsiyaviy sudiga uning mamlakat asosiy qonuniga mos keliş-kelmasligini örganiş uçun yuboriladi.

«Agar bizning Konstitutsiyaviy sudimiz (KS) hujjatni Armaniston Konstitutsiyasiga zid deb topsa, bu holatda biz tinçlikni örnatiş uçun konstitutsiyaviy özgarişlarni talab etadigan aniq bir vaziyat qarşisida qolamiz. Agar KS bitim Konstitutsiyaga mos keladi desa, hujjatni ratifikatsiya qilişga heç qanaqa tösqinlik bölmaydi», — deydi Paşinyan.

Avvalroq Nikol Paşinyan Armaniston noyabr oyida Bokuda ötkazilişi rejalaştirilgan konferensiyada tinçlik bitimini imzolaşga tayyor ekanini ma’lum qilgandi.

Ozarboyjon tinçlik bitimi doirasida Armaniston öz Konstitutsiyasiga özgartirişlar kiritişini talab qilmoqda. Unda Armaniston Oliy kengaşi 1990 yil 23 avgustda qabul qilgan mamlakat mustaqilligi deklaratsiyasiga havola bor. Uşbu deklaratsiya boşida öz navbatida, Armaniston SSR va Toğli Qoraboğning 1989 yildagi «Birlaşuv töğrisida»gi qöşma rezolyutsiyasiga havola keltirilgan.

«Ularning Konstitutsiyasidagi bunday band bilan imkoni yöq, çunki Konstitutsiya har qanday boşqa hujjatdan, jumladan, xalqaro bitimlardan ham ustun. Şuning uçun ular yana qaçondir fikridan qaytadigan va biz sentabrdagi işlarimizni takrorlaydigan vaziyatga tuşib qolişimizni istamayman», — degan edi Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev.