Global xavfsizlik böyiça Gallup tomonidan ötkazilgan sörovga köra, Kuvayt, Singapur, Norvegiya, Saudiya Arabistoni va Tojikiston dunyodagi eng xavfsiz davlatlar sanaladi. Bu davlatlar aholisining köpçiligi hatto kunning keç soatlarida ham özini xavfsiz his qilişini aytgan.
24 sentabr kuni Gallup tadqiqot taşkiloti tomonidan e’lon qilingan Global xavfsizlik hisobotida aytilişiça, Kuvayt 2023 yilda jamoat xavfsizligi böyiça birinçi örinni egalladi, sörovda iştirok etganlarning 99 foizi tunda şahar yoki mahallada yolğiz yurganda özini xavfsiz his qilişini aytgan. Bu körsatkiç Singapurda 94 foiz, Norvegiya, Saudiya Arabistoni va Tojikistonda 92 foizga teng.

Şu bilan birga, Ekvador dunyodagi eng xavfli mamlakat sanalmoqda. 2023 yilda ekvadorliklarning atigi 27 foizi tunda yolğiz sayr qilişda özini xavfsiz his qilişini aytgan. Qayd qilinişiça, Ekvador Covid-19 pandemiyasidan keyin xavfsizlik inqiroziga tuşib qolgan va global kokain savdosi markaziga aylangan. Oqibatda, qurolli töqnaşuvlar va qotilliklar keskin oşgan.
Reytingga köra, Afrikaning Botsvana, Liberiya va JAR kabi davlatlar ham eng xavfli mamlakatlar qatorida sanalmoqda.
Reytingda Özbekiston böyiça ma’lumotlar keltirilmagan.
Gallup tadqiqotiga köra, 2023 yilda butun dunyo böylab katta yoşlilarning 70 foizi keç soatlarda sayr qilişda özini xavfsiz his qilgan. Bu körsatkiç pasaygani ta’kidlanmoqda – 2020 yilda 72 foiz edi.











