Özbekiston prezidentining tegişli farmoni bilan, Komil Ismoiloviç Allamjonov Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi. Prezident matbuot xizmati rahbari Şerzod Asadov u «boşqa işga ötayotgani»ni xabar qilgan.
«Komil Allamjonov yurtimizda söz erkinligini rivojlantiriş, davlat organlari faoliyatining oçiqligini ta’minlaş va xalq ta’limi tizimini takomillaştiriş böyiça Prezidentimiz Ş.M. Mirziyoyev belgilab bergan ustuvor vazifalarni amalga oşirişda katta natijalarga erişdi.
Komil Ismoiloviç bilan yaqindan işlagan köp sonli hamkasblarimiz qatorida uning kasbiy mahoratini yuksak baholab, kelgusidagi faoliyatida ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilab qolaman», deyilgan xabarda.
Komil Allamjonov 1984 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 2006 yili Özbekiston davlat san’at va madaniyat institutini, 2010 yili Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2005–2013 yillarda Soliq qömitasida işlagan.
Komil Allamjonov 2017 yil dekabrida Özbekiston prezidenti matbuot xizmati rahbari bölgan, 2018 yil noyabrida Özbekiston Matbuot va axborot agentligiga rahbar bölgan (2019 yil fevralidan bu taşkilot Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi sifatida qayta taşkil etilgandi).
U 2020 yil yanvar oyida Mass-mediani qöllab-quvvatlaş fondi vasiylik kengaşi raisi sifatida iş boşlagan, 2022 yil iyulida prezident administratsiyasi rahbariga örinbosar bölgandi.
2023 yil avgustidan buyon Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari lavozimida işlayotgandi.








