AQŞ janubi-şarqida sodir bölgan vayronkor «Helen» töfoni qurbonlari soni 90 kişidan oşdi. Şimoliy Karolinaning birgina Bankomb okrugida 30 kişi tabiiy ofat qurboniga aylangani xabar berilgan. 30 sentabr, duşanba kuni AFP Şimoliy Karolina, Janubiy Karolina, Jorjiya, Florida, Tennessi va Virjiniya ştatlarida mahalliy rasmiylar va ommaviy axborot vositalari xabarlariga tayanib, jami 93 kişi hayotdan köz yumganini ma’lum qildi.

Töfon va u keltirib çiqargan halokatli suv toşqini bir neça ştatlarda 2,7 millionga yaqin xonadonni elektr energiyasidan mahrum qildi, uylar, savdo binolari va yöllar, şuningdek, suv va aloqa tizimlari şikastlangan yoki butunlay vayron bölgan. Minglab odamlar vaqtinçalik boşpanalarga joylaştirildi. Rasmiylar elektr ta’minotini tiklaş ustida işlamoqda, biroq iş yana bir neça kun davom etişi mumkin, dedi energetika vazirligi vakili.

AQŞda 600 kişi halok bölgan bölişi mumkin

AQŞning janubi-şarqida sodir bölgan «Helen» töfoni 600 ga yaqin odamning hayotiga zomin bölgan bölişi mumkin, deya taxmin qilmoqda Vaşington. 30 sentabr kuni AQŞ içki xavfsizlik vazirligi maslahatçisi Liz Şervud-Rendal şunday dedi: «Bizda mavjud bölgan ma’lumotlarga köra, töfon 600 kişining hayotiga zomin bölgan bölişi mumkin». Rasmiyning ta’kidlaşiça, qurbonlar soni haqida yakuniy tasdiq hali yöq.

Reuters xabariga köra, tabiiy ofatdan eng köp jabr körgan Florida, Jorjiya, Şimoliy va Janubiy Karolina ştatlarida, şuningdek, Tennessi va Virjiniyada «Helen» töfoni tufayli jami yuzdan ortiq odam halok bölgan. Agentlik qayd etişiça, qurbonlar soni ortişi mumkin.