AQŞning janubi-şarqida sodir bölgan «Helen» töfoni 600 ga yaqin odamning hayotiga zomin bölgan bölişi mumkin, deya taxmin qilmoqda Vaşington. 30 sentabr, duşanba kuni AQŞ içki xavfsizlik vazirligi maslahatçisi Liz Şervud-Rendal şunday dedi: «Bizda mavjud bölgan ma’lumotlarga köra, töfon 600 kişining hayotiga zomin bölgan bölişi mumkin». Rasmiyning ta’kidlaşiça, qurbonlar soni haqida yakuniy tasdiq hali yöq.

Reuters xabariga köra, tabiiy ofatdan eng köp jabr körgan Florida, Jorjiya, Şimoliy va Janubiy Karolina ştatlarida, şuningdek, Tennessi va Virjiniyada «Helen» töfoni tufayli jami yuzdan ortiq odam halok bölgan. Agentlik qayd etişiça, qurbonlar soni ortişi mumkin.

PowerOutage.us monitoring resursiga köra, 30 sentabrga qadar Florida, Jorjiya, Janubiy va Şimoliy Karolina hamda Virjiniya ştatlarining 2 milliondan ortiq aholisi elektr ta’minotisiz qolgan.

«Helen» AQŞ janubi-şarqida «halokatli, tarixiy suv toşqini»ga sabab böldi

AQŞ Milliy töfonlar markazi (NHC) ma’lum qilişiça, «Helen» töfoni Qöşma Ştatlar janubi-şarqida «halokatli, tarixiy suv toşqini»ga sabab böldi. Florida, Jorjiya, Janubiy Karolina, Tennessi va boşqa ştatlar «Helen» tufayli yuzaga kelgan vayronagarçilikdan ayniqsa jabr körgan. AQŞ vitse-prezidenti Kamala Harris şunday ogohlantiriş bilan çiqdi: «Töfon xavfli va halokatli bölib qolmoqda, qurbonlar va suv toşqini xavfi hamon yuqori darajada».

«Helen» töfoni 26 sentabr kuni Floridaga yopirildi, söng qöşni ştatlarga köçdi. Şamol tezligi soatiga 225 kilometrgaça yetdi va töfon törtinçi toifaga («öta xavfli») kiritildi.