Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Özbekistonda 2024 yilning I yarim yilligidagi korrupsiyaga oid jinoyatçilikni tahlil qildi. Tahlillarga köra, mazkur davrda 3837 nafar şaxs korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgani uçun sudlar tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Joriy yilda (2023 yilning birinçi yarim yilligi bilan taqqoslaganda) ayrim soha va yönalişlarda korrupsiyaga oid jinoyatçilik kamaygan. Jumladan:

  • tijorat banklarida 146 (186);
  • Soğliqni saqlaş vazirligi tizimida 145 (177);
  • huquqni muhofaza qiluvçi organlarda 122 (128);
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida 52 (64);
  • Bandlik va kambağallikni qisqartiriş vazirligi tizimida 30 (40);
  • Qişloq xöjaligi vazirligi tizimidagi 30 (33) nafar xodim tomonidan korrupsion jinoyatlar sodir etilgan.

Şuningdek:

  • Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tizimining 285 (237);
  • davlat uluşi mavjud korxonalarning 103 (153);
  • mahalliy hokimliklarning 133 (119) nafar xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar soni ortgan.