AQŞ Mudofaa vazirligi matbuot kotibi örinbosari Sabrina Singx 3 oktyabr, payşanba kuni bölib ötgan brifingda Qöşma Ştatlar hukumati Isroil bilan Eronning yirik raketa hujumiga ehtimoliy javob çoralarini muvofiqlaştirayotganini ma’lum qildi. «Ammo men ehtimoliy nişonlar qanday bölişi mumkinligi haqidagi tafsilotlarni muhokama qilişni örinsiz va unçalik foydali emas deb hisoblayman», dedi Pentagon vakili Isroil Eron neft obektlarini nişon sifatida köradimi, degan savolga javob berar ekan.
Avvalroq AQŞ prezidenti Jo Bayden öz ma’muriyati Isroilning Eron neft sanoatiga ehtimoliy hujumini «muhokama qilayotganini» aytdi. Siyosatçining izohi neftning jahon narxlarida sakraşga sabab böldi. Londonning ICE birjasida Brent markali neft narxi sentabr boşidan beri birinçi marta 5,04 foizga oşdi va bir barrel uçun 77,63 dollargaça kötarildi.
Bir kun avval Amerika yetakçisi Vaşington Isroilning Erondagi yadroviy inşootlarga zarba berişiga qarşi ekanini ta’kidladi.
AQŞ va Isroil Eron hujumiga javobni muhokama qilmoqda
Oq uy Isroil bilan Eronning avvalroq Isroil hududiga bergan yirik raketa zarbasiga javob çoralari haqida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda 1 oktyabr kuni AQŞ prezidenti Jo Bayden jurnalistlarga ma’lum qildi. U Eron hujumi paytida uning jamoasi isroillik hamkasblari bilan aloqada bölganini ta’kidladi va şuningdek, tez orada boş vazir Binyamin Netanyahu bilan Isroilning kerakli javobini muhokama qilişini aytdi.
Baydenning ta’kidlaşiça, Eron hujumi Qöşma Ştatlar va Isroilning harbiy salohiyati tufayli «töxtatilgan». Avvalroq Isroil Mudofaa kuçlari (TsAHAL) matbuot kotibi Daniel Hagariy Eron tomonidan otilgan raketalarning aksariyati Isroil, AQŞ va nomi oşkor etilmagan boşqa ittifoqçilar tomonidan urib tuşirilganini da’vo qilgan edi.









