Rossiya propagandasining “dollar sinişi” haqidagi da’volari yangilik emas. Ammo özbek tadbirkori Anvar Abduqayum kelgusi yillarda AQŞ valutasining qadri tuşib ketişini başorat qilgani muhokamalarga sabab böldi. Mutaxassislar uning taxminini töliq rad etmoqda. Kun.uz qarama-qarşi fikr egalari – tadbirkorning özi, şuningdek, iqtisodçi Şuhrat Rasul va moliyaçi Tamilla Qurbonovani studiyaga taklif etdi.
Ikkinçi jahon uruşidan keyin, “Bretton-Vuds” kelişuviga muvofiq, dollar funt sterlingni ortda qoldirib, dunyo valutasiga aylandi. Bugun dollar eng barqaror va işonçli pul birligi hisoblanadi. Dunyo savdosida eng köp dollar işlatiladi, investitsiyalar portfeli, taşqi qarzlar, tovar aylanmasi, valuta zaxiralarining eng katta qismi ham dollar hissasiga töğri keladi.
Iqtisodçi Şuhrat Rasulga köra, dollarning sinişi haqidagi gaplar – fitna nazariyasidan boşqa narsa emas va bunday gap-sözlarning tarqatilişi köp hollarda Rossiyaga borib taqaladi. Amerika moliya tizimidek mukammal tizimga muqobil hali şakllanmagan. Unga raqobatçilikni da’vo qiladigan Rossiya, Xitoy yoki BRIKS davlatlarining özaro savdosi ham butun jahon moliya tizimida arzimas uluşga ega, deydi iqtisodçi.
Tadbirkor Anvar Abduqayum esa boşqaça fikrda. U dollarda pul saqlaş xavfli deb hisoblaydi. Dollar yildan yilga qadrsizlanyapti, tadbirkorlar boyligi-yu resurslarini dollarda saqlasa, yutqazadi, deydi Abduqayum. Tadbirkorga köra, eng yaxşi yeçim – oltin. Oltin foyda beradi, qadrsizlanmaydi, qiymatini saqlaydi. 2020 yildagi pandemiya davrida meni inqirozdan oltin foyda bilan olib çiqqan, deya qöşimça qiladi u.
Moliya eksperti Tamilla Qurbonovaning fikriça, inqiroz paytida oltin narxi oşişi tabiiy. Çunki odamlar uçun kelajak noaniq paytda doim tilla narxi qimmatlagan. Lekin doim ham oltin saqlaş maqsadga muvofiq emas. Inqiroz paytlarida qölida valutasi bor odam yutadi, eng qulay valuta esa bu – dollar, deydi Qurbonova.
Şuhrat Rasulning ta’kidlaşiça, oltin xavfsiz, lekin unda foyda va zarar köriş oson. Ya’ni dollarda zarar katta summani keltirib çiqarmaydi. Oltinniki esa yuqori, masalan, oltinning 5 foizga narx özgarişi – katta zarar hisoblanadi.
Tahlillarga köra, dollarning global valuta roliga soya solişi mumkin bölgan omillar yöq emas: bular – murakkab geosiyosiy vaziyat, AQŞdagi siyosiy beqarorlik, uruşlar, yuqori inflatsiya, taşqi qarzlarning nihoyatda oşişi, global raqobat bozorida mavjud muvozanatning buzilişi yoki investorlar paydo qilgan sun’iy vahimalar bölişi mumkin, lekin bu omillarning röy beriş ehtimoli juda ham past.






