Sönggi bir neça kunda aynan piyodalar ötiş yölagida sodir bölgan avariyalarga ketma-ket guvoh bölyapmiz. Eng açinarlisi esa – bu kabi yöl-transport hodisalari yoş bolalar, maktab öquvçilari bilan köproq bölmoqda. Haydovçilar borgan sari yöl qoidalarini pisand qilmayotgandek. Hokimiyat vakillaridan tortib san’atkorlargaça qoidabuzar.
2 oktyabr kuni erta tongda Buxoro viloyati Qoraköl tumanida 2 öquvçi qiz repetitorga ketayotib, ularni maşina urib yuborgan. Oqibatda ulardan biri, afsuski, halok bölgandi. Ikkinçisi esa jiddiy tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan.
Bundan sal oldinroq esa Toşkent viloyatining yuqori Çirçiq tumanida Cobalt rusumli avtomobil yöldan ötayotgan 11 yoşli maktab öquvçisini urib ketgan. Bu holatda eng köp e’tiborimizni tortgan narsa – qölida qizil bayroq kötarib, vazifasi nima ekanini ham bilmayotgan erkak. Uning vazifasi maktab öquvçilarini mana şunday piyodalar ötiş yölaklaridan eson-omon ötkazib qöyiş. Lekin u qizaloqni maşina urganidan keyin ham nima qilişni bilmaydi.
21 sentabr kuni Buxoro viloyati Romitan tumanida hokim yordamçisi Nexia-2 avtomobilida 3-sinf öquvçisini urib yuborgan. 10 yoşli bola voqea joyida vafot etgan.
Bundan 1 kun oldin, 20 sentabr kuni esa Toşkent şahar Sergeli tumanida BYD avtomobili avtobusdan tuşib, yurib ketayotgan 9 yoşli qizaloqni urib yuborgan. Öquvçi qiz yuqori tezlikda harakatlangan maşina zarbidan halok bölgan. BYD haydovçisiga esa jinoyat işi qözğatilgan.
18 sentabr kuni Toşkent şahar Şayxontohur tumanida sodir bölgan avariya oqibatida 19 yoşli qiz halok bölgan. Bu ham piyodalar ötiş yölagida sodir bölgan. Hali tirik bölgan piyodani esa haydovçi maşinamga ölik ortmayman, deb şifoxonaga olib borişdan boş tortgan. Oqibatda tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelguniça qiz jon bergan.
Agar e’tibor bergan bölsangiz, bunday voqealar ketma-ket yuz bermoqda. Eng ayançlisi avariyalar maktab öquvçilari, yoş bolalar bilan sodir bölib, eng yomon oqibat – ölim bilan yakunlanmoqda. Bu şunçaki qörqinçli raqamlar emas, ularning har biri siz-u bizdek odam, farzandlar, yoşlardir.
Albatta, bunday voqealarga faollar jim qarab turgani yöq, kim xabardor bölgan bölsa, buni qoralaşga urindi. Yana bir narsa şuki, haydovçilar orasida borgan sari yöl harakati qoidalarini pisand qilmaslik, hurmat qilmaslik an’anaga aylanmoqda. Ularning içida hokimiyat vakillari ham, san’atkorlar ham bor. Masalan, bir neça kun oldin xonanda Jahongir Otajonov maşinasida 195 tezlikda harakatlanib, buni öz ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga joyladi. Buning oqibati qanday bölişini u bilmasdi deb öylaysizmi? Albatta, biladi. Şunçaki, san’atkor köriladigan çora juda oddiyligini ham biladi. Xonandaga jami 4,5 million söm jarima solingan.






