Markaziy bank jismoniy şaxslar nomiga firibgarlik yöli bilan onlayn kredit rasmiylaştiriş holatlarining oldini oliş uçun vaqtinçalik tartib joriy qilyapti. Bu tartib 2024 yil 1 noyabrdan 2025 yil 1 aprelgaça amal qiladi.

Markaziy bankning Kiberxavfsizlik markazi rahbari Olimjon Tolipov Kun.uz'ga kutilayotgan özgarişlar haqida batafsil sözlab berdi.

Ma’lumki, firibgarlar bir kunda bir neça bankdan bir fuqaro nomiga kredit rasmiylaştiradi. Şu sababli endilikda kredit taşkilotlari fuqaro kredit oliş uçun ariza yuborganidan keyin uning kredit byurolari ma’lumotlar bazasidagi kredit tarixini 2 bosqiçda (ariza tuşgandan söng va kredit mablağlari ajratilişidan oldin) tekşirişdan (skoring) ötkazadi. Tekşiruv natijasida mijozning salbiy kredit tarixi yoki qarz yuki keskin oşgani aniqlansa, qisqa davr içida bir neçta kredit rasmiylaştirilgan va qarz yuki keskin oşgan bölsa, kredit ajratiş rad etilişi yoki boşqa summada ajratilişi töğrisida xabar beriladi.

“Firibgarlar tuzoğiga şu paytgaça heç qayerdan onlayn kredit olmaganlar tuşadi, olib yurganlar özi kredit olyapti deb baholaymiz. Ilovaga birinçi marta ulangan va birinçi marta kredit olmoqçi bölganlar banklar uçun “qizil bayroqça” böladi.

Birinçi bosqiçda banklar kredit oluvçining qarz yukini örganadi. Misol uçun, mijoz bir bankdan men 10 mln söm olmoqçiman deydi. Banklar bugunning özida bu odamning qarz yuki özgardimi yoki yöqmi, boşqa banklardan kredit olişga ariza berdimi yoki yöqmi, örganadi. Agar uning qarz yuki qisqa vaqtda keskin oşsa, banklar kredit rasmiylaştirişni töxtatadi”, – deydi u.

Firibgarlar odamlarni aldab, ularning nomiga kredit rasmiylaştirgaç, bir neça kanallar orqali pullarni Özbekistondan taşqariga olib çiqib ketadi. Markaziy bank joriy etgan vaqtinçalik tartibda onlayn kredit rasmiylaştirilgaç, uşbu kredit mablağlari hisobidan quyidagi amaliyotlarni bajarişga 48 soatlik çeklov joriy qilinadi:

  • P2P amaliyotlar (kartadan kartaga ötkazmalar);
  • jismoniy şaxslar hisobvaraqlari va elektron hamyonlarga ötkazmalar;
  • mobil aloqa operatorlari orqali telefon raqami hisobini töldiriş;
  • çet elga pul ötkazmalari hamda onlayn valuta ayirboşlaş operatsiyalari.

“Örganişlarimiz şuni körsatdiki, kredit olinganidan keyin firibgar uni çiqarib olişga harakat qiladi. Pulni kartadan kartaga ötkazma (P2P) qilib, boşqa kartalarga ötkazib olyapti. Ularning qöllarida drop kartalar bor (ayrimlar moddiy manfaat evaziga kartasini sotgan), öşa kartalarga ötkazib oladi. Keyin kriptoaktivlarga jönatib yuboradi. Biz firibgarlar pulni Özbekistondan taşqariga olib çiqib keta olmasligi uçun asosiy kanallarga çeklov örnatdik. Fuqaro 48 soat içida bank bilan boğlanib, bu kreditni firibgarlar ta’sirisiz olayotganini ma’lum qilganidan keyin çeklov şu zahoti yeçiladi”, – deydi mutaxassis.

Kredit ajratiş ma’qullangani haqida SMS xabarni olgan mijoz xabarda körsatilgan telefon raqami orqali bank bilan boğlanib, firibgarlar ta’sirisiz kredit olayotganini tasdiqlaşi kerak. Firibgarlar ham anoyi emas: sizning nomingizdan bankka telefon qilişi va tasdiqlaşga urinişi mumkin. Bank xodimi esa buni tekşirişi şart. Firibgar bankni aldamasligi uçun bank xodimi mijozga, u röyxatdan ötgan raqamga qayta aloqaga çiqadi.

“Agar biz haqiqiy mijozga telefon qilib tuşa olmasak, 48 soat içida identifikatsiyadan ötmagan taqdirda P2P qiliş va boşqa yuqorida nazarda tutilgan firibgarlar pulni olib çiqib ketiş yöllari bloklanadi. Lekin agar siz biror dökonga, Özbekistondagi biror yuridik şaxsga bu kredit mablağlari bilan bemalol tölov qilsangiz böladi. Öz ixtiyoringizga köra naqdlaştirişingiz yoki tovar va xizmatlar uçun tölovlar qilişingiz mumkin; bu operatsiyalar heç bir çeklovlarsiz amalga oşiriladi.

Maqsad pulni Özbekiston hududida uşlab qoliş”, – deydi Olimjon Tolipov.

MB vakiliga köra, bu tartib dunyoning bir qator davlatlarida bor. Masalan, Yevropa Ittifoqining “Iste’mol kreditlari töğrisida”gi 2008/48/EC direktivasida mijozga onlayn kredit (mikrozaym) ajratilganda firibgarlik holatlari mavjud yoki yöqligi tekşirilgunga qadar pul mablağlariga 14 kalendar kunlik, Rossiyada 14 kalendar kunlik, AQŞda 3 kalendar kunlik, Kanadada 2 kalendar kunlik, Avstraliyada 14 kalendar kunlik “muzlatiş davri” amaliyoti joriy qilinişi qayd etilgan.

Yuqorida keltirib ötilgan tartib 2024 yilning 1 noyabridan test rejimida barça onlayn kredit beradigan banklarda joriy qilinadi. Vaqtinçalik tartibning amal qiliş muddati hozirça 2025 yil 1 aprelgaça deb belgilangan.