Tarixni yangilaş imkoniyati – Eron Toşkentda ilk bor mağlub etiladimi?
|21:07 / 10.10.20249 7366 min
Bugun, 10 oktyabr kuni Özbekiston milliy jamoasi 2024 yildagi eng muhim uçraşuvini Eronga qarşi ötkazadi. Forslar öz tarixida hali Özbekistonda mağlub bölmagan va milliy jamoamiz bugun boş murabbiysiz bu noxuş an’anaga çek qöyişga urinadi. JÇ-2026ga çiqiş yölidagi eng muhim töqnaşuv oldidan jamoa yetakçilari Eldor Şomurodov va Sardor Ozmunning özaro «söz jangi» 34 ming tomoşabin qarşisida ötadigan bugungi öyinga intrigani yanada oşirdi.
Foto: Tribuna.uzFoto: Tribuna.uz
«Bunyodkor» stadionida anşlag böladi
JÇ-2026 hal qiluvçi 3-saralaş bosqiç 3-turi doirasidagi Özbekiston – Eron uçraşuvi A guruhidagi yaqqol peşqadam nomini aniqlab beriş bilan birga raqiblardan birining mundialga çiqiş imkoniyatini keskin oşiradi. Öyinning darajasi juda yuqoriligi sababli çiptalar uçraşuvdan bir kun avval töliq sotib bölingani ma’lum qilindi. «Bunyodkor» stadionida bölib ötadigan öyin uçun çiqarilgan çiptalarning ma’lum qismi hattoki, «olib-sotar»larning qöliga çiqib, karrasiga qimmat narxda sotilayotgani aytildi. Şunday ekan, 34 ming tomoşabin siğimiga ega stadion bugungi öyinda muxlislar bilan tölib, anşlag bölişi kutilmoqda.
Katanets uçinçi bor kelmadi
Milliy jamoamizda tarkib böyiça muammo bölmasa-da, Toşkentdagi yiğinda Sreçko Katanetsning iştirok etmagani xavotirga sabab böladi. Sloveniyalik boş murabbiy sönggi matbuot anjumanida soğliği sababli 3-marta ham Özbekistonga kela olmasa, bu uning milliy jamoadagi faoliyati yakunlanganini anglatişini aytgan edi. Şunga qaramay, Eron va BAAga qarşi bahslarda jamoani uning yordamçilari tayyorlaşi ma’lum qilindi. ÖFA xorijlik murabbiyning keyingi faoliyati böyiça hozirça aniq ma’lumot berganiça yöq.
Şomurodov va Ozmun örtasidagi «dahanaki jang»
Özbekiston – Eron uçraşuvi oldidan Eldor Şomurodov va Sardor Ozmun örtasidagi özaro «aytişuv» öyinga nisbatan qiziqişni yanada oşirmoqda.
Eldor Şomurodov seşanba kungi maşğulot oldidan intervyu berib, «Eronga qarşi uçraşuv Qirğizistonga qarşi keçgan öyindan köra oson böladi», - deya fikr bildirgan edi. Öyin oldi matbuot anjumanida esa Sardor Ozmun Eldor Şomurodovning sözlariga javob qaytardi.
«Özbekiston milliy jamoasini hurmat qilamiz. Ularga qarşi köp marotaba öynadik. Bu safargi öyinda 3 oçkoni qölga kiritiş juda muhim. Ammo raqibga nisbatan hurmatni saqlagan holda aytaman, Özbekiston sönggi marta bizga jiddiy çaqiruv taşlab, muammo tuğdirganiga 12 yil böldi, 2012 yildan buyon Eronni mağlub eta olmayapti», - dedi Eron milliy jamoasi hujumçisi.
12 yildan buyon mağlub etilmayotgan raqib
Mavzuga oid
Özbekiston milliy jamoasi bugungi kunga qadar Eronga qarşi jami 14ta öyin ötkazib, forslarni Toşkentda mağlub eta olmagan. 14 öyindan 10tasida Eron ğolib bölgan, 3 öyinda durang va yana bir bahsda Uluğbek Baqoyevning Tehrondagi yagona goli Özbekiston milliy jamoasiga bu raqib ustidan qozonilgan yagona ğalabani keltirgan. Töplar nisbati 5:18 – forslar foydasiga.
Vakillarimiz Eronga qarşi sönggi öyinni iyun oyida Tehronda ötkazib, JÇ-2026 2-saralaş doirasida nursiz durang qayd etişgan. Vakillarimiz bugungi bahsda Toşkentdagi noxuş an’anaga çek qöyib, tarixni yangilaş imkoniyatiga ega.
Özbekiston – Eron. Özaro öyinlar:
11.06.2024. Eron – Özbekiston – 0:0
21.11.2023. Özbekiston – Eron – 2:2
20.06.2023. Özbekiston – Eron – 0:1
20.06.2023. Özbekiston – Eron – 0:1
08.10.2020. Özbekiston – Eron – 1:2
11.09.2018. Özbekiston – Eron – 0:1
19.05.2018. Eron – Özbekiston – 1:0
12.06.2017. Eron – Özbekiston – 2:0
06.10.2016. Özbekiston – Eron – 0:1
11.06.2015. Özbekiston – Eron – 0:1
14.11.2012. Eron – Özbekiston – 0:1
03.06.2012. Özbekiston – Eron – 0:1
05.09.2009. Özbekiston – Eron – 0:0
11.07.2007. Eron – Özbekiston – 2:1
14.12.1998. Özbekiston – Eron – 0:4.
Saralaşda mağlub bölmayotgan raqiblar
Karluş Keyruşdan keyin Amir Ğolinoiyni milliy jamoa boşqaruviga qaytargan forslar saralaş bosqiçida yöqotişlarsiz davom etmoqda. Sönggi marta Osiyo kubogi yarimfinalida Qatarga mağlub (2:3) bölgan Eron hozirgaça orada faqat Özbekiston bilan durang (0:0) qayd etdi, qolgan bahslarda ustunligini körsatib kelmoqda.
Özbekiston milliy jamoasi ham Eron bilan qayd etilgan durangdan taşqari, qolgan öyinlarda ğalabalarni qayd etdi.
Özbekiston milliy jamoasining sönggi 5 öyini:
26 mart. Özbekiston – Hongkong – 3:0
6 iyun. Özbekiston – Turkmaniston – 3:1
11 iyun. Eron – Özbekiston – 0:0
5 sentabr. Özbekiston – KXDR – 1:0
10 sentabr. Qirğiziston – Özbekiston – 2:3
Eron milliy jamoasining sönggi 5 öyini:
21 mart. Eron – Turkmaniston – 5:0
6 iyun. Hongkong – Eron – 2:4
11 iyun. Eron – Özbekiston – 0:0
5 sentabr. Eron – Qirğiziston – 1:0
10 sentabr. BAA – Eron – 0:1
Eron transfer narxi böyiça Özbekistonni ortda qoldirmoqda
Transfermarkt portaliga köra, Eron milliy jamoasining umumiy bahosi 47,75 million yevroni taşkil etayotgan bölsa, Özbekiston milliy jamoasi 38,05 million yevro narxga ega. Forslarning eng qimmatbaho öyinçisi Mehdi Toremiy hisoblanadi – 10 mln yevro, mamlakatimizning eng qimmatbaho futbolçisi esa Abbosbek Fayzullayev – 6 million yevro.
Eron milliy jamoasining eng qimmatbaho 3 öyinçisi:
1. Mehdi Toremiy (Inter) – 10 mln yevro
2. Sardor Ozmun (Aş-Şabob) – 8 mln yevro
3. Mehdi Ğoyyedi (Ittihod Kalba) – 4 mln yevro
Özbekiston milliy jamoasining eng qimmatbaho 3 öyinçisi:
1. Abbosbek Fayzullayev (TsSKA) – 6 mln yevro
2. Eldor Şomurodov (Roma) – 5 mln yevro
3. Abduqodir Husanov (Lans) – 5 mln yevro
Anons. JÇ-2026 hal qiluvçi saralaşi. A guruhi. 3-tur